QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят97

۞ جَعَلَ ٱللَّهُ ٱلْكَعْبَةَ ٱلْبَيْتَ ٱلْحَرَامَ قِيَـٰمًا لِّلنَّاسِ وَٱلشَّهْرَ ٱلْحَرَامَ وَٱلْهَدْىَ وَٱلْقَلَـٰٓئِدَ ۚ ذَٰلِكَ لِتَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَأَنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh Ka'bani — Baytul Haromni, harom oyni, hadyini va osiladigan belgilarni odamlar uchun asos qilib qo`ydi. Bu esa, Alloh albatta osmonlaru yerdagi narsalarni bilishini va albatta Alloh har bir narsani biluvchi Zot ekanini bilishingiz uchundir.Аллоҳ Каъбани — Байтул Ҳаромни, ҳаром ойни, ҳадйини ва осиладиган белгиларни одамлар учун асос қилиб қўйди. Бу эса, Аллоҳ албатта осмонлару ердаги нарсаларни билишини ва албатта Аллоҳ ҳар бир нарсани билувчи Зот эканини билишингиз учундир.Alauddin Mansour: Alloh Kaʼba — Baytul-Haromni, urush harom etilgan oyni, hadya (qurbonlik) va hadya belgilarini (hadya uchun atalgan jonivorlarga osib qoʻyiladigan hadyalik alomatlarini) odamlar uchun toʻgʻrilik asosi qilib qoʻydi. Bu (narsa) Alloh osmonlar va Yerdagi bor narsani bilishini — Alloh hamma narsani bilguvchi ekanini bilishinglar uchundir.Аллоҳ Каъба — Байтул-Ҳаромни, уруш ҳаром этилган ойни, ҳадя (қурбонлик) ва ҳадя белгиларини (ҳадя учун аталган жониворларга осиб қўйиладиган ҳадялик аломатларини) одамлар учун тўғрилик асоси қилиб қўйди. Бу (нарса) Аллоҳ осмонлар ва Ердаги бор нарсани билишини — Аллоҳ ҳамма нарсани билгувчи эканини билишинглар учундир.

124-sahifa · 7-juz · 13-hizb124-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ جَعَلَqilib qoʻydiқилиб қўйдиٱللَّهُAllohАллоҳٱلْكَعْبَةَKaʼbaniКаъбаниٱلْبَيْتَBaytni (Uyni)Байтни (Уйни)ٱلْحَرَامَHaromҲаромقِيَـٰمًۭاasos qilibасос қилибلِّلنَّاسِodamlar uchunодамлар учунوَٱلشَّهْرَva oyniва ойниٱلْحَرَامَharomҳаромوَٱلْهَدْىَva hadiyniва ҳадийниوَٱلْقَلَـٰٓئِدَ ۚva osiladigan belgilarniва осиладиган белгиларниذَٰلِكَbu esaбу эсаلِتَعْلَمُوٓا۟bilishingiz uchundirбилишингиз учундирأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَعْلَمُbilishiniбилишиниمَاnarsalarniнарсаларниفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَاva narsalarniва нарсаларниفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyerерوَأَنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниعَلِيمٌbiluvchi zot ekaniniбилувчи зот эканини
TafsirТафсир

Kaʼbai Muazzamaning turli nomlari bor. Jumladan, uni Baytul Harom ham deyiladi. Yaʼni, u yerda har xil yomonliklar, qon toʻkishlar, urush qilish, ov ovlash, maysalarni yulish, daraxtlarni sindirish-kesish kabi ishlar harom qilingandir. Bu oʻrinda faqat Kaʼbai Muazzama binosi yoki Kaʼba atrofidagi Masjidul Haromgina koʻzda tutilmaydi. Balki Makkai Mukarrama atrofidagi belgilangan muayyan mintaqa ham nazarda tutiladi. Hozirgi kunda oʻsha chegaradan musulmon boʻlmaganlar kirmasligi yozib qoʻyilgan va taftish ham bor. Oʻsha mintaqa haram deyiladi va u yerda ayrim ishlar harom hisoblanadi.

Imom Buxoriy va imom Muslim hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarrama fathi kuni: «Albatta, bu yurt haromdir: daraxti kesilmaydi, oʻsimliklari yulinmaydi, ovi choʻchitilmaydi va tushib qolgan narsalar olinmaydi. Magar tushgan narsa ekanini bildirish uchun olsa boʻladi», deganlar. Bu hududda harom boʻlgan qolgan amallar boshqa oyat va hadislarda bayon etilgan. Shuningdek, baʼzi bir zararli hayvonlarni istisno tariqasida oʻldirishga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻzlari izn berganlar.

Imom Buxoriy va imom Muslim Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam besh fosiq hayvonni halolda ham, haramda ham oʻldirishga amr qildilar. Ular: qargʻa, kalxat, chayon, sichqon va quturgan itlardir», deyilgan.

Yana maʼlumot tariqasida aytib oʻtish kerakki, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻzlari hijrat qilgan shahar Madiynai Munavvarani haram qilganlar.

Imom Buxoriy va imom Muslim Ibod ibn Tamiym roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ibrohim Makkani haram qildi va uning haqida duo qildi. Ibrohim Makkani haram qilganidek, men Madiynani haram qilaman», deganlar.

Ikki haramdagi hukmlar ham bir xil. Alloh taolo bu makonni, xususan, Makkai Mukarrama haramini Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar davridan buyon omonlik mintaqasi qilib qoʻydi. Bu muqaddas makonda jamiyki jonzot va nabotot tinchlik-omonlikda. Atrofdagi xalqlarga qirgʻin-barot kelsa ham, haram aholisi, garchi oʻzlari mushrik boʻlsalar-da, tinchlik-omonlikda boʻlib keldi. Ularga birov qoʻl koʻtarmadi. Abraha al-Ashramga oʻxshash bu joyga koʻz olaytirganlar esa, balo-ofatlarga uchradi. Alloh bu joydan kishilarga doimo yaxshilik keladigan qilib qoʻydi. Oxiri, mazkur yaxshiliklarning toji oʻlaroq shu shaharda Oʻzining soʻnggi va eng mahbub Paygʻambarining dunyoga kelishini, unga shu yerda oxirgi ilohiy kitob nozil boʻlishini, soʻnggi va mukammmal dini joriy boʻlishini iroda qildi. Oyati karimadagi:

«Alloh Kaʼbani – Baytul Haromni, harom oyni, hadyini va osiladigan belgilarni odamlar uchun asos qilib qoʻydi» jumlasi shunga ishorat boʻlsa kerak.

Ulamolarimiz, oyati karimaning ushbu jumlasini, dinga va haj ibodatlariga asos qilib qoʻydi, degan maʼnoda taʼviyl qiladilar. Haqiqatan ham Islom dini asoslari, haj ibodati Makkai Mukarramaga, haramga, Kaʼbaga chambarchas bogʻliqdir.

Harom oyni asos qilib qoʻyishiga kelsak, buni urush harom qilingan oylar–Zulqaʼda, Zulhijja, Muharram va Rajab oylarini yaxshilik asosi qilib qoʻyilishi deb tushunish kerak. Bu oylarda johiliyat vaqtida ham urushlar taqqa-taq toʻxtagan. Arzimagan narsa uchun oʻn yillab urush qiladigan badjahl arab qabilalari ham bu oylar kirishi bilan oʻzlarini tiya olar edilar. Oʻgʻil otasining qotilini koʻrib qolsa ham, unga bu oylarda bir ogʻiz soʻz aytmas edi.

Bir yilda toʻrt oyni urushsiz oy deb eʼlon qilish, butun dunyo tinchligini koʻzlab qoʻyilgan ajoyib asos edi. Haramayni sharifayni makon jihatidan tinchlik-omonlik mintaqasi boʻlsa, urush harom qilingan toʻrt oy zamon jihatidan tinchlik-omonlik mintaqasi edi. Insoniyatning bugungi avlodi esa, Islomdan bir ming toʻrt yuz yil keyin, «yadro qurolisiz mintaqa, tinchlik haftasi», degan gaplarni aytib, xuddi katta bir ish qilgandek faxrlanib yuribdi.

«Hadyi»–hoji yoki umrachi Harami Sharif hududiga qurbonlik uchun soʻyishni niyat qilib olib keladigan hayvondir. Biz «belgilar» deb tarjima qilgan soʻz arabchada «qaloyid» deyiladi. Bu– qurbonlikka atalgan, Harami Sharifga olib ketilayotgan hayvonlarga osib qoʻyiladigan belgilardir. Oʻsha zamonlarda xurmoning poʻstlogʻidan yoki shunga oʻxshash narsalardan qurbonlikka olib ketilayotgan hayvonlarning boʻyniga belgi osib qoʻyilar ekan. Ularni koʻrgan odamlar u hayvonlarning qurbonlikka atalganligini bilib, ularga tegmas ekanlar. Baʼzan hayvon adashib qolib, qancha yursa ham, yuraverar ekan. Hatto oʻsha hayvonlarni olib ketayotgan insonga ham hurmat koʻrgazar, unga yomonlik qilmas ekanlar. Shuning uchun ham, oyati karimada hadyi va belgilarning ham asos qilinganligi aytilmoqda.

Mazkur narsalarning hammasi tinchlik-omonlik va yaxshilik asoslaridir. Insoniyat bunaqa tadbirlarga doimo muhtojdir. Bunday ishlar insonni sinovlardan yaxshi oʻtishga, oʻzini turli noqulay tuygʻulardan maʼlum makon yoki zamonda tiyib oladigan qilishga oʻrgatadi. Omonlik-tinchlik va yaxshilikni oʻziga odat qilib olishga oʻrgatadi.

«Bu esa, Alloh, albatta, osmonlaru yerdagi narsalarni bilishini va Alloh, albatta, har bir narsani biluvchi Zot ekanini bilishingiz uchundir».

Ana shu bilishi yuzasidan U zot shariat hukmlarini joriy etadi. Jumladan, ushbu oyatda zikr qilingan hukmlarni ham.