Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
قٓ ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ٱلْمَجِيدِ ﴿١﴾
Qoof. Ulug' Qur'on ila qasam.
بَلْ عَجِبُوٓا۟ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌ مِّنْهُمْ فَقَالَ ٱلْكَـٰفِرُونَ هَـٰذَا شَىْءٌ عَجِيبٌ ﴿٢﴾
Balki, ularga o'zlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar.
أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا ۖ ذَٰلِكَ رَجْعٌۢ بَعِيدٌ ﴿٣﴾
O'lib, tuproq bo'lganimizdan keyin ham-a? Bu qaytish (aqldan) uzoq.
قَدْ عَلِمْنَا مَا تَنقُصُ ٱلْأَرْضُ مِنْهُمْ ۖ وَعِندَنَا كِتَـٰبٌ حَفِيظٌۢ ﴿٤﴾
Haqiqatan, Biz ularni yer kamaytirayotganini bildik va Bizning huzurimizda saqlovchi kitob bor.
بَلْ كَذَّبُوا۟ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ فَهُمْ فِىٓ أَمْرٍ مَّرِيجٍ ﴿٥﴾
Aniqki, ularga haq kelganda, uni yolg'onga chiqardilar. Bas, ular iztirobli ishdadirlar.
أَفَلَمْ يَنظُرُوٓا۟ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَـٰهَا وَزَيَّنَّـٰهَا وَمَا لَهَا مِن فُرُوجٍ ﴿٦﴾
Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi? Uni qanday bino qilibmiz va ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yo'q?!
وَٱلْأَرْضَ مَدَدْنَـٰهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍۭ بَهِيجٍ ﴿٧﴾
Va yerni cho'zib qo'ydik, unga tog'larni tashladik va unda turli go'zal juftlarni o'stirdik.
تَبْصِرَةً وَذِكْرَىٰ لِكُلِّ عَبْدٍ مُّنِيبٍ ﴿٨﴾
(Robbisiga) qaytuvchi har bir bandaga ko'rgazma va eslatma qilib...
وَنَزَّلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً مُّبَـٰرَكًا فَأَنۢبَتْنَا بِهِۦ جَنَّـٰتٍ وَحَبَّ ٱلْحَصِيدِ ﴿٩﴾
Va osmondan baraka suvini tushirdik hamda u bilan bog'-rog'larni va don hosilini o'stirdik.
وَٱلنَّخْلَ بَاسِقَـٰتٍ لَّهَا طَلْعٌ نَّضِيدٌ ﴿١٠﴾
Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham.
رِّزْقًا لِّلْعِبَادِ ۖ وَأَحْيَيْنَا بِهِۦ بَلْدَةً مَّيْتًا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلْخُرُوجُ ﴿١١﴾
Bandalarga rizq qilib. Va u (yomg'ir) bilan o'lgan shaharni tiriltirdik. Shunday bo'ladir (qabrdan) chiqish ham.
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَأَصْحَـٰبُ ٱلرَّسِّ وَثَمُودُ ﴿١٢﴾
Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolg'onga chiqarganlar.
وَأَصْحَـٰبُ ٱلْأَيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍ ۚ كُلٌّ كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ ﴿١٤﴾
Va daraxtzor egalari va Tubba' qavmi — barchalari Payg'ambarlarni yolg'onga chiqarganlar. Bas, (azob) va'dam haq bo'ldi.
أَفَعَيِينَا بِٱلْخَلْقِ ٱلْأَوَّلِ ۚ بَلْ هُمْ فِى لَبْسٍ مِّنْ خَلْقٍ جَدِيدٍ ﴿١٥﴾
Avvalgi yaratishga ojiz bo'l-dikmi? Yo'q! Ular yangidan yaratilishga shubhadadirlar.
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِۦ نَفْسُهُۥ ۖ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ ٱلْوَرِيدِ ﴿١٦﴾
Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz.
إِذْ يَتَلَقَّى ٱلْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ ٱلْيَمِينِ وَعَنِ ٱلشِّمَالِ قَعِيدٌ ﴿١٧﴾
Vaqtiki ikki kutib oluvchi o'ngda va chapda o'tirgan hollarida kutib olurlar.
مَّا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ ﴿١٨﴾
Biror so'z aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar.
وَجَآءَتْ سَكْرَةُ ٱلْمَوْتِ بِٱلْحَقِّ ۖ ذَٰلِكَ مَا كُنتَ مِنْهُ تَحِيدُ ﴿١٩﴾
O'limning mastligi (talvasasi) haqiqat bo'lib keldi. Sen qochib yurgan narsa shuldir.
وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْوَعِيدِ ﴿٢٠﴾
Va sur ham chalindi. Bu, qo'rqitilgan kundir.
وَجَآءَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّعَهَا سَآئِقٌ وَشَهِيدٌ ﴿٢١﴾
Va har bir jon haydaguvchi va guvohlik beruvchi bilan keldi.
لَّقَدْ كُنتَ فِى غَفْلَةٍ مِّنْ هَـٰذَا فَكَشَفْنَا عَنكَ غِطَآءَكَ فَبَصَرُكَ ٱلْيَوْمَ حَدِيدٌ ﴿٢٢﴾
Albatta, sen bundan g'aflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun ko'zing o'tkirdir.
وَقَالَ قَرِينُهُۥ هَـٰذَا مَا لَدَىَّ عَتِيدٌ ﴿٢٣﴾
Va uning «yaqini»: «Mana bu mendagi tayyor narsa», dedi.
أَلْقِيَا فِى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدٍ ﴿٢٤﴾
Har bir qaysarni, kofirni jahannamga tashlang!
مَّنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ مُّرِيبٍ ﴿٢٥﴾
Yaxshilikni man qiluvchini, tajovuzkorni, shak keltiruvchini.
ٱلَّذِى جَعَلَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ فَأَلْقِيَاهُ فِى ٱلْعَذَابِ ٱلشَّدِيدِ ﴿٢٦﴾
Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olganni shiddatli azobga tashlang!
۞ قَالَ قَرِينُهُۥ رَبَّنَا مَآ أَطْغَيْتُهُۥ وَلَـٰكِن كَانَ فِى ضَلَـٰلٍۭ بَعِيدٍ ﴿٢٧﴾
Uning «yaqini»: «Robbimiz, uni men tug'yonga ketkazganim yo'q, lekin uning o'zi uzoq zalolatda bo'ldi», der.
قَالَ لَا تَخْتَصِمُوا۟ لَدَىَّ وَقَدْ قَدَّمْتُ إِلَيْكُم بِٱلْوَعِيدِ ﴿٢٨﴾
U zot dedi: «Mening huzurimda tortishmanglar, sizlarga azob va'dasini taqdim qiluvdim.
مَا يُبَدَّلُ ٱلْقَوْلُ لَدَىَّ وَمَآ أَنَا۠ بِظَلَّـٰمٍ لِّلْعَبِيدِ ﴿٢٩﴾
Mening huzurimda gap o'zgarmas va Men bandalarga zulm qilguvchi emasman».
يَوْمَ نَقُولُ لِجَهَنَّمَ هَلِ ٱمْتَلَأْتِ وَتَقُولُ هَلْ مِن مَّزِيدٍ ﴿٣٠﴾
Bugun jahannamga: «To'ldingmi?» desak, u: «Yana qo'shimcha bormi?» der.
وَأُزْلِفَتِ ٱلْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ غَيْرَ بَعِيدٍ ﴿٣١﴾
Va jannat taqvodorlarga uzoq bo'lmagan joyga yaqinlashtirildi.
هَـٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِكُلِّ أَوَّابٍ حَفِيظٍ ﴿٣٢﴾
Bu — sizga va'da qilingan narsadir. Har bir sertavbaga va saqlovchiga.
مَّنْ خَشِىَ ٱلرَّحْمَـٰنَ بِٱلْغَيْبِ وَجَآءَ بِقَلْبٍ مُّنِيبٍ ﴿٣٣﴾
Rohmandan g'oyibona qo'rqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga.
ٱدْخُلُوهَا بِسَلَـٰمٍ ۖ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْخُلُودِ ﴿٣٤﴾
«Unga salomat bo'lgan holda kiringiz. Bu — mangulik kunidir» (deyilur).
لَهُم مَّا يَشَآءُونَ فِيهَا وَلَدَيْنَا مَزِيدٌ ﴿٣٥﴾
U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor.
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هُمْ أَشَدُّ مِنْهُم بَطْشًا فَنَقَّبُوا۟ فِى ٱلْبِلَـٰدِ هَلْ مِن مَّحِيصٍ ﴿٣٦﴾
Ulardan avval, ulardan ko'ra kuchliroq asr(avlod)lardan qanchasini halok qildik. «Qochadigan joy bormi?» deb yurtma-yurt kezib chiqdilar.
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى ٱلسَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ ﴿٣٧﴾
Albatta, bunda qalbi borlarga va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir.
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ وَمَا مَسَّنَا مِن لُّغُوبٍ ﴿٣٨﴾
Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik. Va Bizni charchoq tutmadi.
فَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ ٱلشَّمْسِ وَقَبْلَ ٱلْغُرُوبِ ﴿٣٩﴾
Ularning aytayotganlariga sabr qil va Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt.
وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَأَدْبَـٰرَ ٱلسُّجُودِ ﴿٤٠﴾
Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham.
وَٱسْتَمِعْ يَوْمَ يُنَادِ ٱلْمُنَادِ مِن مَّكَانٍ قَرِيبٍ ﴿٤١﴾
Nido qiluvchi yaqin joydan nido qilgan kunda quloq os.
يَوْمَ يَسْمَعُونَ ٱلصَّيْحَةَ بِٱلْحَقِّ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْخُرُوجِ ﴿٤٢﴾
U kunda qichqiriqni haq ila eshiturlar. Ana o'sha, chiqish kunidir.
إِنَّا نَحْنُ نُحْىِۦ وَنُمِيتُ وَإِلَيْنَا ٱلْمَصِيرُ ﴿٤٣﴾
Albatta, Biz tiriltirurmiz, o'ldirurmiz. Va qaytish ham Bizgadir.
يَوْمَ تَشَقَّقُ ٱلْأَرْضُ عَنْهُمْ سِرَاعًا ۚ ذَٰلِكَ حَشْرٌ عَلَيْنَا يَسِيرٌ ﴿٤٤﴾
U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar. Ana o'sha, Biz uchun oson to'plashdir.
نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِجَبَّارٍ ۖ فَذَكِّرْ بِٱلْقُرْءَانِ مَن يَخَافُ وَعِيدِ ﴿٤٥﴾
Ularning aytganlarini Biz biluvchimiz. Sen ularning ustidagi jabbor emassan. Bas, Qur'on ila azob va'damdan qo'rqqanlarni ogohlantir.