Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
وَٱلذَّٰرِيَـٰتِ ذَرْوًا ﴿١﴾
Chang to'zituvchi(shamol)lar bilan qasam.
فَٱلْحَـٰمِلَـٰتِ وِقْرًا ﴿٢﴾
Yuk ko'taruvchi(bulut)lar bilan qasam.
فَٱلْجَـٰرِيَـٰتِ يُسْرًا ﴿٣﴾
Oson yuruvchi(kema)lar bilan qasam.
فَٱلْمُقَسِّمَـٰتِ أَمْرًا ﴿٤﴾
Ish taqsimlovchi(farishta)lar bilan qasam.
إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَصَادِقٌ ﴿٥﴾
Albatta, sizga va'da qilingan narsa rostdir.
وَإِنَّ ٱلدِّينَ لَوَٰقِعٌ ﴿٦﴾
Va, albatta, qiyomat voqe' bo'lguvchidir.
وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْحُبُكِ ﴿٧﴾
Go'zal, mustahkam osmon bilan qasam.
إِنَّكُمْ لَفِى قَوْلٍ مُّخْتَلِفٍ ﴿٨﴾
Albatta, sizlarning gaplaringiz ixtiloflidir.
يُؤْفَكُ عَنْهُ مَنْ أُفِكَ ﴿٩﴾
U(Qur'on)dan kim burilsa, (butunlay) burib qo'yiladir.
قُتِلَ ٱلْخَرَّٰصُونَ ﴿١٠﴾
Yolg'onchilarga la'nat bo'lsin!
ٱلَّذِينَ هُمْ فِى غَمْرَةٍ سَاهُونَ ﴿١١﴾
Ular jaholatdagi g'ofillardir.
يَسْـَٔلُونَ أَيَّانَ يَوْمُ ٱلدِّينِ ﴿١٢﴾
Ular: «Hisob-kitob kuni qachon», deb so'rarlar.
يَوْمَ هُمْ عَلَى ٱلنَّارِ يُفْتَنُونَ ﴿١٣﴾
Bu kunda ular olovda azoblanurlar.
ذُوقُوا۟ فِتْنَتَكُمْ هَـٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تَسْتَعْجِلُونَ ﴿١٤﴾
«Azobingizni tatib ko'ring», siz «Qachon bo'ladir», deb shoshilgan narsa — shu!» (deyilur).
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّـٰتٍ وَعُيُونٍ ﴿١٥﴾
Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlardadir.
ءَاخِذِينَ مَآ ءَاتَىٰهُمْ رَبُّهُمْ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُحْسِنِينَ ﴿١٦﴾
Robbilari bergan narsalarni oluvchilardir. Chunki, ular bundan oldin ehson qiluvchilardan bo'lganlardir.
كَانُوا۟ قَلِيلًا مِّنَ ٱلَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ ﴿١٧﴾
Ular kechalari oz uxlar edilar.
وَبِٱلْأَسْحَارِ هُمْ يَسْتَغْفِرُونَ ﴿١٨﴾
Va ular saharlarda istig'for aytar edilar.
وَفِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّ لِّلسَّآئِلِ وَٱلْمَحْرُومِ ﴿١٩﴾
Va molu mulklarida so'rovchi va bechoralarning haqqi bordir.
وَفِى ٱلْأَرْضِ ءَايَـٰتٌ لِّلْمُوقِنِينَ ﴿٢٠﴾
Va yerda chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bor.
وَفِىٓ أَنفُسِكُمْ ۚ أَفَلَا تُبْصِرُونَ ﴿٢١﴾
Va o'zlaringizda ham (belgilar) bor. Yoki ko'rmayapsizlarmi?!
وَفِى ٱلسَّمَآءِ رِزْقُكُمْ وَمَا تُوعَدُونَ ﴿٢٢﴾
Va osmonda rizqingiz hamda sizga va'da qilinayotgan narsa (bor).
فَوَرَبِّ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِنَّهُۥ لَحَقٌّ مِّثْلَ مَآ أَنَّكُمْ تَنطِقُونَ ﴿٢٣﴾
Osmonu yerning Robbisi ila qasamki, albatta, u (va'da) misoli siz nutq qilayotganingizdek haqiqatdir.
هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْمُكْرَمِينَ ﴿٢٤﴾
Senga Ibrohimning karamli mehmonlarining xabari kelmadimi?
إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَقَالُوا۟ سَلَـٰمًا ۖ قَالَ سَلَـٰمٌ قَوْمٌ مُّنكَرُونَ ﴿٢٥﴾
Ular uning huzuriga kirib, «Salom» deganlarida, u «Salom, notanish qavmlar», dedi.
فَرَاغَ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ فَجَآءَ بِعِجْلٍ سَمِينٍ ﴿٢٦﴾
Ahliga (maxfiy) borib, semiz buzoqni (pishirib) keltirdi.
فَقَرَّبَهُۥٓ إِلَيْهِمْ قَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ ﴿٢٧﴾
Uni ularga yaqin surdi va: «Emaysizlarmi?» – dedi.
فَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً ۖ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ ۖ وَبَشَّرُوهُ بِغُلَـٰمٍ عَلِيمٍ ﴿٢٨﴾
Ulardan xavfsiradi. Ular: «Qo'rqma», dedilar va unga ilmli o'g'il bashoratini berdilar.
فَأَقْبَلَتِ ٱمْرَأَتُهُۥ فِى صَرَّةٍ فَصَكَّتْ وَجْهَهَا وَقَالَتْ عَجُوزٌ عَقِيمٌ ﴿٢٩﴾
Bas, xotini qichqirib keldi va o'z yuziga shapaloq tushirib: «Qari, tug'mas xotin-a?!» – dedi.
قَالُوا۟ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ ﴿٣٠﴾
Ular: «Sening Robbing shunday dedi. Albatta, Uning O'zi Hakiym va Aliymdir», dedilar.
۞ قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا ٱلْمُرْسَلُونَ ﴿٣١﴾
U: «Ey elchilar! Sizning ishingiz nedir?» – dedi.
قَالُوٓا۟ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمٍ مُّجْرِمِينَ ﴿٣٢﴾
Ular: «Albatta, biz jinoyatchi qavmga yuborilganmiz.
لِنُرْسِلَ عَلَيْهِمْ حِجَارَةً مِّن طِينٍ ﴿٣٣﴾
Ularning ustidan loydan (pishirilgan) toshlarni tashlash uchun.
مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ لِلْمُسْرِفِينَ ﴿٣٤﴾
Robbing huzurida isrofchilar uchun belgilab qo'yilganlarni», dedilar.
فَأَخْرَجْنَا مَن كَانَ فِيهَا مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿٣٥﴾
Va Biz u joydan mo'minlarni chiqardik.
فَمَا وَجَدْنَا فِيهَا غَيْرَ بَيْتٍ مِّنَ ٱلْمُسْلِمِينَ ﴿٣٦﴾
U yerda bir xonadondan boshqa musulmonlarni topmadik.
وَتَرَكْنَا فِيهَآ ءَايَةً لِّلَّذِينَ يَخَافُونَ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ ﴿٣٧﴾
Va u yerda alamli azobdan qo'rqadiganlar uchun oyat(belgi) qoldirdik.
وَفِى مُوسَىٰٓ إِذْ أَرْسَلْنَـٰهُ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ بِسُلْطَـٰنٍ مُّبِينٍ ﴿٣٨﴾
Va Musoda ham (belgi) bor. Biz uni Fir'avnga ravshan hujjat ila yuborganimizda...
فَتَوَلَّىٰ بِرُكْنِهِۦ وَقَالَ سَـٰحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ ﴿٣٩﴾
U yuz o'girib, ishongani tomon yurdi va: «(Muso) sehrgar yoki majnundir», dedi.
فَأَخَذْنَـٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَـٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ وَهُوَ مُلِيمٌ ﴿٤٠﴾
Bas, Biz uni va askarlarini tutib dengizga tashladik va u malomatga loyiq ish qiluvchi edi.
وَفِى عَادٍ إِذْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلرِّيحَ ٱلْعَقِيمَ ﴿٤١﴾
Va Odda ham (belgi) bor. Vaqtiki, Biz ularga tug'mas shamolni yubordik.
مَا تَذَرُ مِن شَىْءٍ أَتَتْ عَلَيْهِ إِلَّا جَعَلَتْهُ كَٱلرَّمِيمِ ﴿٤٢﴾
U qaysi narsaga yetib borsa, titib tashlamasdan qo'ymas.
وَفِى ثَمُودَ إِذْ قِيلَ لَهُمْ تَمَتَّعُوا۟ حَتَّىٰ حِينٍ ﴿٤٣﴾
Va Samudda ham (belgi) bor. Ularga: «Vaqtinchalik maza qilib turinglar», deyilgan vaqtda...
فَعَتَوْا۟ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّـٰعِقَةُ وَهُمْ يَنظُرُونَ ﴿٤٤﴾
Allohning amridan bosh tortdilar, bas, qarab turgan hollarida ularni qattiq ovoz tutdi.
فَمَا ٱسْتَطَـٰعُوا۟ مِن قِيَامٍ وَمَا كَانُوا۟ مُنتَصِرِينَ ﴿٤٥﴾
Bas, ular o'rinlaridan turolmadilar va yordam ham ololmadilar.
وَقَوْمَ نُوحٍ مِّن قَبْلُ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًا فَـٰسِقِينَ ﴿٤٦﴾
Va bundan avval Nuh qavmini ham (halok etganmiz). Albatta, ular fosiq qavm edilar.
وَٱلسَّمَآءَ بَنَيْنَـٰهَا بِأَيْي۟دٍ وَإِنَّا لَمُوسِعُونَ ﴿٤٧﴾
Osmonni O'z qo'limizda(qudratimiz) ila bino qildik. Albatta, Biz uni kengaytiruvchimiz.
وَٱلْأَرْضَ فَرَشْنَـٰهَا فَنِعْمَ ٱلْمَـٰهِدُونَ ﴿٤٨﴾
Va yerni to'shab qo'ydik. Biz qandoq ham yaxshi tayyorlovchidirmiz!
وَمِن كُلِّ شَىْءٍ خَلَقْنَا زَوْجَيْنِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ ﴿٤٩﴾
Va Biz har bir narsani juft yaratdik. Shoyadki, eslasangizlar.
فَفِرُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ ﴿٥٠﴾
Bas, faqat Allohgagina qoching. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
وَلَا تَجْعَلُوا۟ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ ﴿٥١﴾
Va Allohga boshqa ma'budni sherik qilmanglar. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
كَذَٰلِكَ مَآ أَتَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا قَالُوا۟ سَاحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ ﴿٥٢﴾
Xuddi shunday, bulardan avvalgilarga ham har bir Payg'ambar kelgan vaqt (uni) sehrgar yoki majnun deganlar.
أَتَوَاصَوْا۟ بِهِۦ ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ ﴿٥٣﴾
Kelishib olganmilar?! Yo'q, ular tug'yonga ketgan qavmlardir!
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ فَمَآ أَنتَ بِمَلُومٍ ﴿٥٤﴾
Ulardan yuz o'gir. Bas, sen malomatga qoluvchi emassan.
وَذَكِّرْ فَإِنَّ ٱلذِّكْرَىٰ تَنفَعُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿٥٥﴾
Va eslatgin. Albatta, eslatish mo'minlarga manfaat berur.
وَمَا خَلَقْتُ ٱلْجِنَّ وَٱلْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ ﴿٥٦﴾
Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.
مَآ أُرِيدُ مِنْهُم مِّن رِّزْقٍ وَمَآ أُرِيدُ أَن يُطْعِمُونِ ﴿٥٧﴾
Men ulardan rizq xohlamayman va Meni ovqatlantirishlarini ham xohlamasman.
إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلرَّزَّاقُ ذُو ٱلْقُوَّةِ ٱلْمَتِينُ ﴿٥٨﴾
Albatta, Alloh O'zi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir.
فَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ذَنُوبًا مِّثْلَ ذَنُوبِ أَصْحَـٰبِهِمْ فَلَا يَسْتَعْجِلُونِ ﴿٥٩﴾
Albatta, zulm qilganlarga o'z birodarlari azobichalik azob bor, shoshilmasinlar.
فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن يَوْمِهِمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ ﴿٦٠﴾
Kofirlarga va'da qilinayotgan kunlarida halokat bo'lsin.