لِنُرْسِلَ عَلَيْهِمْ حِجَارَةً مِّن طِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning ustidan loydan (pishirilgan) toshlarni tashlash uchun.Уларнинг устидан лойдан (пиширилган) тошларни ташлаш учун.Alauddin Mansour: Ularning ustidan loydan-sopoldan boʻlgan toshni yogʻdirish uchun (yuborilgandirmiz).Уларнинг устидан лойдан-сополдан бўлган тошни ёғдириш учун (юборилгандирмиз).
Oyatdagi «jinoyatchi qavm»dan murod Lut qavmidir. Bu qavm insoniyat tarixida boʻlmagan ulugʻ jinoyatni sodir etgan. Ular oʻzlariga erkak bilan erkakning jinsiy aloqa qilishini ravo koʻrdilar. Bu jinoyatdan ularni Paygʻambar Lut alayhissalom koʻp qaytardilar, lekin samara bermadi. Oqibatda, ular Allohning azobiga duchor boʻldilar.
Oʻsha jinoyatchi qavmga Alloh taolo iroda qilgan azobni yetkazish Ibrohim alayhissalom bilan suhbatlashib turgan mana shu farishtalarga topshirilgan edi. Shu bilan birga, ularga yoʻl- yoʻlakay Ibrohim alayhissalomga ilmli oʻgʻil bashoratini berib oʻtish ham topshirilgan edi.
Ammo Ibrohim alayhissalom ularni savolga tutib qolganlaridan keyin oʻzlari bajarishlari lozim boʻlgan asosiy ish haqida ham axborot bera boshladilar.
Ular: «Albatta, biz jinoyatchi qavmga yuborilganmiz…», dedilar.
Yaʼni, aslida, biz Alloh taolo tomonidan jinoyatchi qavmga– Lut qavmiga yuborilganmiz.
«Ularning ustidan loydan (pishirilgan) toshlarni tashlash uchun.»
Yaʼni, oʻsha jinoyatchi qavm aʼzolari ustidan loydan pishirilgan qattiq toshlarni tashlab oʻldirishimiz kerak.
«Robbing huzurida isrofchilar uchun belgilab qoʻyilganlarni», dedilar.»
Loydan pishirilgan oʻsha qattiq toshlar Alloh taolo tomonidan isrofchilar uchun belgilab qoʻyilgan ekan. Baʼzi rivoyatlarda aytilishicha, har gunohkorni oʻldirishi kerak boʻlgan toshga uning ismi yozib qoʻyilgan ekan.
«Isrofchi qavm» deganda Lut qavmi koʻzda tutilyapti. Demak, ular ustidan tashlash uchun Alloh taolo huzurida maxsus belgi qoʻyilgan toshlar boʻlgan, oʻsha toshlar bilan jinoyatchi qavm aʼzolari urib oʻldirilgan. Voqeaning tafsiloti boshqa suralarda kelgan.