فَفِرُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, faqat Allohgagina qoching. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.Бас, фақат Аллоҳгагина қочинг. Албатта, мен сизларга Ундан (келган) очиқ-ойдин огоҳлантирувчиман.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularga ayting: «Bas, Allohga (iymon keltirish uchun) chopinglar-shoshinglar! Albatta men sizlar uchun U zot(ning azobi)dan ochiq ogohlantirguvchidirman.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларга айтинг: «Бас, Аллоҳга (иймон келтириш учун) чопинглар-шошинглар! Албатта мен сизлар учун У зот(нинг азоби)дан очиқ огоҳлантиргувчидирман.
Odatda, inson xavfu xatardan, balo-ofatdan qochadi. Bu oyatda tilga olingan xavf-xatar–dinsizlik, gʻaflat va osiylikdir, undan qochish gunoh va harom ishlarni tark etib, Allohga iltijo etish bilan boʻladi.
«Bas, faqat Allohgagina qoching.»
Allohga qochishda inson uchun ulugʻ saodat va martaba bordir. Maʼlumki, inson ogʻir paytlarda kimgadir suyangisi, mashaqqatlardan qochib borgisi, dardini toʻkib solgisi keladi. Shunday holatda turli xalqlar turli uslubni qoʻllaydilar. Misol uchun, Ovrupa xalqlarining ichkilikka ruju qoʻyishlarining asosiy sababi–turmush qiyinchiliklarini bir oz boʻlsa-da shu yoʻl bilan unutmoqchi boʻladilar. Yana kimlardir bunday paytlarda oʻzi kabi insonga yoki boshqa maxluqqa iltijo qiladi. Musulmon esa, butun yaxshiliklar egasi Haq subhanahu va taologa qochadi, faqat Ungagina iltijo qiladi va bu bilan har qancha faxrlansa arziydi.
«Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.»
Paygʻambar alayhissalom esa, Allohga isyon qilish oqibati yomon boʻlishi haqida ogohlantiruvchi boʻlib kelganlar.