QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят11

فَوَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُكَذِّبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, o`sha kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!Бас, ўша кунда ёлғонга чиқарувчиларга вайл бўлсин!Alauddin Mansour: Ana oʻsha Kunda (paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilguvchilarga halokat boʻlur!Ана ўша Кунда (пайғамбарларни) ёлғончи қилгувчиларга ҳалокат бўлур!

523-sahifa · 27-juz · 53-hizb523-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَوَيْلٌۭbas, vayl boʻlsinбас, вайл бўлсинيَوْمَئِذٍۢoʻsha kundaўша кундаلِّلْمُكَذِّبِينَyolgʻonga chiqaruvchilargaёлғонга чиқарувчиларга
TafsirТафсир

Qurʼoni Karimning moʻʼjizalari koʻp, jumladan, unda ishlatilgan iboralarda ham bitmas-tuganmas moʻʼjizalar yashirindir. Ushbu oyatda kelgan «yolgʻonga chiqaruvchilar» iborasi umumiy boʻlib, tushunish esa, xohlagancha boʻlaveradi. Shuning uchun ham, tafsirchilarimiz «yolgʻonga chiqaruvchilar» iborasidan kelib chiqadigan «Nimani?» soʻrogʻiga, «Qurʼonni», Paygʻambarni», «qiyomatni», «oʻlgandan soʻng tirilishni» kabi javoblarni berganlar. Aslida, hammasi ham toʻgʻri.

Shuningdek, «vayl» soʻzi ham gohida «halokat», gohida «doʻzax» maʼnosida ishlatiladi va ikkalasi ham bu oyatga mosdir.

«(Botilga) shoʻngʻib oʻynashadiganlarga.»

Oyatdagi «xavz» soʻzi esa «shoʻngʻish» maʼnosini anglatadi. Mushriklar oʻsha vaqtda yolgʻonga shoʻngʻib ketishardi. Hamma narsani unutib, botilga berilishar, oʻyin qilishar edi. Yoki, boshqacha aytganda, oʻzlarining botil aqiydalari, tasavvurlari, fikrlari oʻyindan boshqa narsa emas edi. Hozirgi kundagi turli nazariyalar, mafkura va falsafalarni ham tafakkur ila oʻylab koʻrilsa, oʻyindan boshqa narsa emasligi oydinlashadi. Kishilar ularga shoʻngʻib ketib, xuddi suvga shoʻngʻib oʻynayotgan shaxsni eslatadilar. Ularning koʻzlagan umid qirgʻoqlari yoʻq, faqat shoʻngʻib, oʻynashsa boʻldi. Misol uchun, Darvin nazariyasini olib koʻraylik. Necha yillar davomida bu nazariya bilan insoniyatni oʻynatib kelishdi. Darvin olgʻa surgan fikr, aslida, ilmiy jihatdan qiymatsiz, sariq chaqaga arzimaydigan, aksincha, insonni tahqirlovchi fikr edi. Boshqa nazariya va mafkuralarga ham shundan oʻzgacha baho berib boʻlmaydi. Haqiqiy Islomiy tasavvurgina insoniyatni bu oʻyindan qutqarib qolishi mumkin.