QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tur surasi · Oyatсураси · Оят13

يَوْمَ يُدَعُّونَ إِلَىٰ نَارِ جَهَنَّمَ دَعًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda jahannam o`tiga kuchlab itarilurlar.У кунда жаҳаннам ўтига кучлаб итарилурлар.Alauddin Mansour: U Kunda ular jahannam oʻtiga haydalurlar!У Кунда улар жаҳаннам ўтига ҳайдалурлар!

523-sahifa · 27-juz · 53-hizb523-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَu kundaу кундаيُدَعُّونَitarilurlarитарилурларإِلَىٰ-ga-гаنَارِoʻtiўтиجَهَنَّمَjahannamжаҳаннамدَعًّاkuch bilan itarishкуч билан итариш
TafsirТафсир

Oyatdagi «yudaʼʼuuna» soʻzi «kuch bilan orqasidan itarish»ni bildiradi. Tasavvur qiling, doʻzaxiylar qoʻrqib ortga qochmoqchi boʻlib tislanadilar, azob farishtalari esa, ularni ortlaridan turtib, kuch bilan jahannam oʻti tomon itaradilar. Naqadar dahshat! Ular oʻsha holatda jahannam qirgʻogʻiga itarib olib boriladi-da, quyida keladigan qoʻrqinchli soʻzlar aytiladi: