وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَإِدْبَـٰرَ ٱلنُّجُومِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kechasi ham. Bas, yulduzlar botgandan keyin ham tasbih ayt.Ва кечаси ҳам. Бас, юлдузлар ботгандан кейин ҳам тасбиҳ айт.Alauddin Mansour: Shuningdek kechadan (boʻlgan soatlarda) va yulduzlar yuz oʻgirib ketgach (yaʼni, sahar paytlarida) ham U zotga tasbeh ayting!Шунингдек кечадан (бўлган соатларда) ва юлдузлар юз ўгириб кетгач (яъни, саҳар пайтларида) ҳам У зотга тасбеҳ айтинг!
Demak, har doim Allohga bogʻliq boʻlmoq zarur.
Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambar alayhissalom: «Kim bir majlisda oʻtirib, har xil gaplarni gapirsa, oʻrnidan turishdan oldin, «Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaaha illa anta astagʻfiruka va atubu ilayka» desa, Alloh ushbu majlisdagi gunohlarini kechiradi», deganlar.
Imom Molik Zuhriydan qilgan rivoyatlarida Ibn Matʼamning otasi aytadiki: «Paygʻambar alayhissalomning shom namozida «VatTur» surasini oʻqiyotganlarini eshitdim. U kishidan koʻra ovozi shirinroq va qiroati yaxshiroq odamni koʻrmaganman».
Imom Buxoriy roziyallohu anhu keltirgan rivoyatda Ummu Salama onamiz shunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kasalligimni shikoyat qilgan edim, ulov minib, odamlardan chetroqda tavof qilaver, dedilar. Men tavof qildim, Paygʻambar alayhissalom Baytullohning yonida turib, namozda «Vat-Tur» surasini oʻqidilar».