إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ لَوَٰقِعٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Robbingning azobi ro`y berajak.Албатта, Роббингнинг азоби рўй беражак.Alauddin Mansour: Parvardigoringizning azobi shak-shubhasiz, voqeʼ boʻlguvchidir!Парвардигорингизнинг азоби шак-шубҳасиз, воқеъ бўлгувчидир!
Yaʼni, qasam bilan taʼkidlaymanki, kofir va osiylarga albatta azob keladi, u kelajak azobni hech kim va hech narsa qaytarib qololmaydi!
Hofiz Abu Bakr Abud Dunyo rivoyat qiladilarki, bir kechasi hazrati Umari Odil odatlaricha Madiynai Munavvara koʻchalarini aylanib yurgan ekanlar. Musulmonlardan birlarining hovlisi yonidan oʻtib ketayotsalar, hovli egasi namoz oʻqiyotganini eshitibdilar. Toʻxtab, qiroatga quloq solibdilar. Uy egasi «Vat Tur»ni oʻqib, «inna azaba robbika lavaqeʼ, ma lahu min dafeʼ»ga yetganda, hazrati Umar: «Kaʼbaning Robbisi ila qasamki, bu haq qasamdir», debdilar va eshaklaridan tushib, devorga suyanib qolibdilar. Bir muddat shu holatda turib, soʻng uylariga qaytibdilar. Shundan keyin bir oy kasal boʻlib yotgan ekanlar. Yoʻqlab kelganlar u kishining nima bilan ogʻriyotganlarini bilmas ekanlar. Pok va taʼsirchan qalblarga Qurʼon ana shunday taʼsir etgan.