QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят1

وَٱلنَّجْمِ إِذَا هَوَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Botayotgan yulduz bilan qasam.Ботаётган юлдуз билан қасам.Alauddin Mansour: Botib ketayotgan yulduzga qasamki,Ботиб кетаётган юлдузга қасамки,

526-sahifa · 27-juz · 53-hizb526-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلنَّجْمِyulduz bilan qasamюлдуз билан қасамإِذَاqachonkiқачонкиهَوَىٰbotganidaботганида
TafsirТафсир

Avvallari taʼkidlab aytilganidek, yulduz bilan qasam ichishdan maqsad–bandalar yulduzni tafakkur qilib, Allohning qudratiga tan bersinlar, degan taʼkid hamda bundan keyin keladigan oyat maʼnosiga katta ahamiyat berishdir.

Oyatdagi «hava» soʻzini biz «botsa» deb tarjima qildik, lekin uni «portlasa», «titilib ketsa» deb tarjima qilsa ham boʻladi. Yulduzning botib, portlab, titilib ketishi maʼnolari uni xudo deb eʼtiqod qiluvchilarning aqllari past ekanligiga dalildir. Oʻzining xohishiga bogʻliq boʻlmagan holda botadigan, portlaydigan yoki titilib ketadigan narsa qanday qilib xudo boʻlishi mumkin! Yulduzlar bu dunyoda har kuni koʻrinib yo koʻrinmay (botib yo chiqib) tursa ham, portlash va titilishi qiyomatda boʻladi. Hozirgi zamon falakiyot ilmi bu dunyoda ham yulduzlarda portlash hodisasi boʻlishini va doim titilib turishini isbotladi. Bu ham Qurʼoni Karimning moʻʼjizalaridandir.