QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят2

مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمْ وَمَا غَوَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizning Birodaringiz adashgani ham yo`q, yo`ldan ozgani ham yo`q.Сизнинг Биродарингиз адашгани ҳам йўқ, йўлдан озгани ҳам йўқ.Alauddin Mansour: Sizlarning sohibingiz (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salom) zalolatga ham ketgani yoʻq, yoʻldan ham ozgani yoʻq!Сизларнинг соҳибингиз (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) залолатга ҳам кетгани йўқ, йўлдан ҳам озгани йўқ!

526-sahifa · 27-juz · 53-hizb526-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасضَلَّadashdiадашдиصَاحِبُكُمْbirodaringizбиродарингизوَمَاva emasва эмасغَوَىٰyoʻldan ozdiйўлдан озди
TafsirТафсир

«Birodaringiz» deb Muhammad alayhissalom nazarda tutiladilar. Oʻsha vaqtdagi kishilarga nima uchun «birodaringiz» deyilyapti? Yaʼni, ichingizdan chiqqan, hayotini yaxshi bilasizlar, uning sizlardan yashirin joyi yoʻq, umri boʻyi ichingizda yurdi. Uning fazilatlariga, yaxshiliklariga tajribada guvoh boʻlgansizlar, undan yomonlik koʻrmagansizlar, yolgʻon gapirganini ham bilmaysizlar, deyilmoqchi.

«Adashgan» soʻzi (arabchasi «Zolla») bilmasdan notoʻgʻri ishlarni qilib qoʻygan kimsalarga nisbatan ishlatiladi. Bolaligidan rostgoʻyligi, omonatga xiyonat qilmasligi, adolatliligi va boshqa jamiyki yaxshi fazilatlari ila mashhur boʻlgan inson qirq yoshga yetganda birdaniga adashib qolishi mumkinmi? Xuddi shuningdek, bunday kimsaning dabdurustdan «yoʻldan ozgan» boʻlib qolishiga ham aql ishonmaydi. Chunki, «yoʻldan ozish» («gʻova») degani, toʻgʻri yoʻlni bilib turib notoʻgʻrisini tanlashni anglatadi. Axir, aql-zakovatda benazir Muhammad alayhissalomga jahonda shunday sifat toʻgʻri keladimi? Aslo!