إِذْ يَغْشَى ٱلسِّدْرَةَ مَا يَغْشَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda, u(daraxt)ni o`raydigan narsa o`rab turibdi.Ўшанда, у(дарахт)ни ўрайдиган нарса ўраб турибди.Alauddin Mansour: Oʻshanda Nilufarni oʻragan narsa (yaʼni, Alloh taoloning fayzi ilohiysi) oʻrab olgan edi.Ўшанда Нилуфарни ўраган нарса (яъни, Аллоҳ таолонинг файзи илоҳийси) ўраб олган эди.
«Oʻraydigan narsa»ning nima ekanligi oyatda ochiq aytilmagan, shuning uchun, tafsirchilar bu haqda turli fikrlarni aytganlar. Jumladan, Allohning nuri yoki farishtalar, deyilgan.
Lekin oyatda muayyan bir narsa aytilmaganligining oʻzi «oʻraydigan narsa» vasfdan tashqari ulkan ekanligiga dalolat qiladi.
Imom Ahmad Ibn Masʼuddan qilgan rivoyatlarida: Isro kechasi Paygʻambar alayhissalom tugash daraxtiga borib yetdilar, u yettinchi osmonda edi. Yerdan chiqqan narsalar ham, yuqoridan tushgan narsalar ham unga yetib toʻxtaydi. Oʻshanda Paygʻambar alayhissalomga besh vaqt namoz, «Baqara» surasining oxiri, ummatlaridan shirk keltirmaganlarining magʻfirat qilinishining xabarlari berilgan, deyilgan.