ٱلَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَـٰٓئِرَ ٱلْإِثْمِ وَٱلْفَوَٰحِشَ إِلَّا ٱللَّمَمَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَٰسِعُ ٱلْمَغْفِرَةِ ۚ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ وَإِذْ أَنتُمْ أَجِنَّةٌ فِى بُطُونِ أُمَّهَـٰتِكُمْ ۖ فَلَا تُزَكُّوٓا۟ أَنفُسَكُمْ ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ ٱتَّقَىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda bo`ladiganlardir. Albatta, Robbing mag`firati keng Zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chog`ingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, o`zingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir.Улар кичик гуноҳлардан бошқа катта гуноҳлар ва фаҳш ишлардан четда бўладиганлардир. Албатта, Роббинг мағфирати кенг Зотдир. У сизларни тупроқдан пайдо қилганда ҳам, оналарингиз қоринларида ҳомилалик чоғингизни ҳам яхши билувчидир. Шундоқ экан, ўзингизни оқламанг, У ким тақводорлигини яхши биладир.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, jannatga sazovor boʻlganlar) kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq boʻladigan zotlardir. Albatta Parvardigoringiz magʻfirati keng Zotdir. U sizlarni (yaʼni, otalaringiz Odamni) Yerdan — tuproqdan paydo qilgan paytidanoq va sizlar onalaringizning qornida homila boʻlgan paytingizdanoq juda yaxshi bilguvchidir. Bas, sizlar oʻzlaringizni poklamay qoʻya qolinglar! U taqvodor boʻlgan kishilarni juda yaxshi bilguvchidir.Улар (яъни, жаннатга сазовор бўлганлар) кичик хатолардан бошқа катта гуноҳлардан ва бузуқликлардан йироқ бўладиган зотлардир. Албатта Парвардигорингиз мағфирати кенг Зотдир. У сизларни (яъни, оталарингиз Одамни) Ердан — тупроқдан пайдо қилган пайтиданоқ ва сизлар оналарингизнинг қорнида ҳомила бўлган пайтингизданоқ жуда яхши билгувчидир. Бас, сизлар ўзларингизни покламай қўя қолинглар! У тақводор бўлган кишиларни жуда яхши билгувчидир.
Oyatdagi «Lamam» soʻzini biz «kichik gunohlar» deb tarjima qildik. Tafsirchilarimiz esa, bu soʻz maʼnosi haqida koʻp tortishganlar. Aslida, «lamam» soʻzi «oz», «kichik» maʼnolarini anglatadi. «Kichik gunoh» iborasi eng munosib maʼnodir.
«Fahsh ishlar» iborasi qabihligi katta ish va soʻzlarga nisbatan ishlatiladi.
Katta gunohlar toʻgʻrisida gap koʻp. Shariatda «katta gunoh» deb Alloh haromligini bayon qilgan va yoki jazosi belgilangan gunohlarga aytiladi. Oʻgʻrilik, odam oʻldirish va zino kabilar. Shuningdek, qiyomat kuni doʻzaxga tushishga, Allohning gʻazabi va laʼnatiga duchor boʻlishga sabab boʻladigan hamda odamni fosiqlikka boshlaydigan gunohlar ham katta gunohlar sanaladi.
Baʼzi katta gunohlarni Paygʻambar alayhissalom oʻzlari nomlab aytganlar. Rasululloh alayhissalom:
«Sizlarga katta gunohlarning kattasining xabarini beraymi?»–deb uch marta aytdilar.
«Ayting, ey, Allohning Rasuli», dedik biz. Ul zot:
«Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq boʻlish,–dedilar-da, yonboshlab yotgan oʻrinlaridan turib oʻtirib,–ogoh boʻlinglar: yolgʻon gap, yolgʻon guvohlik berish ham», deb bir necha bor taʼkidladilarki, hatto biz:
«Qani endi, gapdan toʻxtasalar edi», deb orzu qildik».
Boshqa bir hadisda: «Yetti halok qiluvchidan chetda boʻling», deganlarida, «Ular nimalar, ey Rasululloh?»–deb soʻralgan. Shunda u zoti bobarakot: «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh manʼ qilgan jonni oʻldirish, sudxoʻrlik, yetimning haqqini yeyish, urushdan qochish, pok, moʻmina ayollarni zinoda ayblash», deganlar.
Bunga oʻxshash maʼlumotlar anchagina bor.
«Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda boʻladiganlardir.»
Jannatiy boʻlishni xohlaganlar katta gunohlardan, fahsh ishlardan chetda boʻladilar, yaʼni, gunohning yaqiniga ham yoʻlamaydilar. Bilmasdan kichik gunohlarni qilib qoʻysalar, darhol tavba qiladilar. Oyatdagi
«Albatta, Robbing magʻfirati keng zotdir», degan dalilidan bilamizki, kichik gunohlarni Alloh Oʻzi kechiradi.
«U sizlarni tuproqdan paydo qilganida ham...» (yaxshi biluvchidir) degan taʼkidning maʼnosi shulki, Otamiz Odam alayhissalomni tuproqdan Alloh taolo yaratgan ekan, uning qandayligini, yaʼni, insonning aslini ham Alloh taoloning Oʻzi yaxshi biladi.
«...onalaringiz qorinlarida homilalik chogʻingizni ham yaxshi bilguvchidir» jumlasidan maʼlum boʻladiki, Alloh har bir insonning alohida-alohida yaratilishini ham juda yaxshi biladi. Demak, Allohdan yashirin narsa yoʻq.
«Shundoq ekan, oʻzingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir.»
Shuning uchun, odamlarning oʻzini oqlab oʻtirishining hojati yoʻq. Hamma narsani yaxshi biluvchi Alloh kim taqvodor ekanini ham, kim betavfiq ekanini ham yaxshi biladi.
Hamma narsani yaxshi bilgani uchun Alloh taolo oxiratda adolat bilan hukm chiqarishini kelgusi oyatlar bayon qiladi:
Ey Paygʻambar!