QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят44

وَأَنَّهُۥ هُوَ أَمَاتَ وَأَحْيَا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, o`ldirgan ham O`zi, tiriltirgan ham O`zi.Албатта, ўлдирган ҳам Ўзи, тирилтирган ҳам Ўзи.Alauddin Mansour: Albatta oʻldirgan ham, tiriltirgan ham Uning Oʻzidir.Албатта ўлдирган ҳам, тирилтирган ҳам Унинг Ўзидир.

527-sahifa · 27-juz · 53-hizb527-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنَّهُۥva albatta, Uва албатта, УهُوَOʻziЎзиأَمَاتَoʻldirdiўлдирдиوَأَحْيَاva tiriltirdiва тирилтирди
TafsirТафсир

Oʻlim va hayot hammaga maʼlum va mashhur hodisalardir. Bu ikki hodisa har kuni sonsiz-sanoqsiz miqdorda sodir boʻlib turadi. Oʻlim va hayot turli shaklda va suvratda betoʻxtov takrorlanib turadi. Insoniyat oʻlim nimayu hayot nima ekanini, ularning haqiqatini bilishga urinayapti, lekin hech narsani bila olmayapti. Butun dunyo ahllari birlashib ham jonsiz narsaga hayot bera olmayapti. Butun borliq birga tirishib ham birorta oʻlimni qaytara olmayapti.

Umid qolmadi, deb goʻri qazib qoʻyilgan bemorlar kutilmaganda sogʻayib, yashab ketyapti. Ularga qaragan, goʻrini qaziganlar toʻsatdan oʻlib qolyapti. Bunday boʻlishi tabiiy, chunki oʻldiruvchi ham, tiriltiruvchi ham faqat Allohdir.