QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят43

وَأَنَّهُۥ هُوَ أَضْحَكَ وَأَبْكَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, albatta, kuldirgan ham O`zi, yig`latgan ham O`zidir.Ва, албатта, кулдирган ҳам Ўзи, йиғлатган ҳам Ўзидир.Alauddin Mansour: Albatta kuldirgan ham, yigʻlatgan ham Uning Oʻzidir.Албатта кулдирган ҳам, йиғлатган ҳам Унинг Ўзидир.

527-sahifa · 27-juz · 53-hizb527-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنَّهُۥva albatta, Uва албатта, УهُوَOʻziЎзиأَضْحَكَkuldirdiкулдирдиوَأَبْكَىٰva yigʻlatdiва йиғлатди
TafsirТафсир

Bu qisqa oyatda ulkan maʼnolar mujassamdir.

Kulgu va yigʻi nima oʻzi? Insonday murakkab mavjudotga uni qayerdan va kim ato qilgan? Kulish va yigʻlash xususiyati nimadan kelib chiqadi? Inson bugun qilgan ishiga ertaga yigʻlashi mumkin. Bir voqeaga birov kuladi, boshqasi yigʻlaydi. Baʼzi vaqtda odam oʻzini kulgudan toʻxtatishga qancha urinmasin, kulib yuboradi yoki aksincha, oʻzini yigʻidan tutishga qancha urinmasin, yigʻlab yuboradi. Mana shu hollarning bari insonga uni kuldiruvchi va yigʻlatuvchi Oliy iroda borligini bildiradi. Albatta, bu oliy iroda Allohdir.