مِن نُّطْفَةٍ إِذَا تُمْنَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Otilib chiqqan nutfadan.Отилиб чиққан нутфадан.Alauddin Mansour: (Ularni) otilib chiqadigan nutfadan (yaratgandir).(Уларни) отилиб чиқадиган нутфадан (яратгандир).
Bu haqiqat ham har lahzada amalga oshib turibdi. Uning koʻpligidan, takrorlanishidan, u haqda tuzukroq tafakkur qilmaganimizdan, bu holga ajablanmaymiz. Boʻlmasa, dahshatga tushib, lol qolishimiz kerak. Nutfa erkakdan shahvat bilan chiqadigan chiqindi suyuqlik. Xuddi ter, koʻz yoshi, balgʻam kabi, tanadan chiqadigan boshqa chiqindilarga oʻxshaydi. Insonning oʻzi undan jirkanadi. Lekin bir qarasangiz, oʻsha arzimas tomchi suyuqlik oʻzingizga oʻxshagan murakkab tuzilishli bir insonga aylanibdi. Agar bu ish voqeʼlikda takrorlanib turmaganida va buning haqiqat ekanini bilmaganida, har qanday insonga, sen ana shunday haqir, zaif, jirkanch suvdan yaralgansan, deyilsa, ishonmagan boʻlardi. Moʻʼjizani qarangki, oʻsha suvdan gohida erkak, gohida ayol paydo boʻladi. Shundoq, oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolaveradimi?
Baʼzi dahriylar, maniyda oʻzi shunaqa qobiliyat bor, bachadonga tushgandan keyin tuxumga yopishadi, undan soʻng urchish hosil boʻladi, deydi va qolgan jarayonni hikoya qilishga tushadi.
Bunaqa tushuntirish oʻz-oʻzidan yana savol tugʻdiradi: maniyga oʻsha qobiliyatni kim bergan? Nima uchun hammada ham urchiyvermaydi? Nimaga farzandsizlar shifo axtarib ovora boʻlishyapti? Nimaga baʼzilar faqat qiz, boshqalar faqat oʻgʻil koʻrishadi? Nimaga baʼzilar ham qiz, ham oʻgʻil koʻrishadi yoki baʼzilar farzandsiz boʻlishadi?
Demak, ayolu erkakni yaratuvchi faqat Alloh taoloning Oʻzidir.