QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Najm surasi · Oyatсураси · Оят47

وَأَنَّ عَلَيْهِ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْأُخْرَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, albatta, keyingi paydo qilish zimmasidagi zot ham O`zi.Ва, албатта, кейинги пайдо қилиш зиммасидаги зот ҳам Ўзи.Alauddin Mansour: Albatta (barcha xaloyiqni oʻlganidan soʻng) ikkinchi bor paydo qilish ham yolgʻiz Uning zimmasidadir.Албатта (барча халойиқни ўлганидан сўнг) иккинчи бор пайдо қилиш ҳам ёлғиз Унинг зиммасидадир.

528-sahifa · 27-juz · 53-hizb528-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنَّva albattaва албаттаعَلَيْهِUning zimmasidadirУнинг зиммасидадирٱلنَّشْأَةَpaydo qilishпайдо қилишٱلْأُخْرَىٰkeyingiкейинги
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻlgandan keyin ikkinchi marta tirik holga keltirishni ham Alloh taoloning Oʻzi qiladi. Oʻlgandan soʻng tirilish gʻayb hol. Uni birov koʻrgani yoʻq. Lekin unga birinchi bor hayotga kelishda dalil bor. Allaqanday zaif, jirkanch suvdan odamni paydo qilgan Alloh taologa aslida bor-u, lekin chirib, parcha- parcha qolgan suyaklardan odamni qayta tiriltirish nima degan gap. Chirigan suyakmi yoki chiqindi suvmi–qudratli Alloh uchun buning nima farqi bor?!

Agar qayta tirilish boʻlmaganida, bu dunyoning hech keragi ham, qizigʻi ham yoʻq edi. Chunki, besh kunlik dunyoda kimdir xohlaganini qilib yurib, oʻlgandan soʻng chirib ketib, qutulib qolaversa, adolat qani? Yoki birov umr boʻyi ibodat qilib, savob axtarib oʻtib, oʻlgandan soʻng mukofotsiz shunday chirib ketaveradimi? Yoʻq, hamma oʻz qilmishiga yarasha nimagadir erishishi kerak.

Yoʻqdan bor qilgan Alloh taolo bordan qayta tiriltirishga ham qodirdir.