وَأَنَّهُۥ هُوَ أَغْنَىٰ وَأَقْنَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, albatta, behojat qilgan ham O`zi, badavlat qilgan ham O`zi.Ва, албатта, беҳожат қилган ҳам Ўзи, бадавлат қилган ҳам Ўзи.Alauddin Mansour: Albatta boy qilgan ham, badavlat qilgan ham Uning Oʻzidir.Албатта бой қилган ҳам, бадавлат қилган ҳам Унинг Ўзидир.
«Agʻna» soʻzi odatda bizning tilimizga «boy qildi» deb tarjima qilinadi. Aslida, bu soʻz «behojat» yoki «muhtoj emas» maʼnolarida ishlatiladi. Boy kishining arabchada «gʻaniy» deyilishi ham «molu dunyoga hojati yoʻq» degan maʼnoni anglatadi. Shuning uchun, arablar biror taniqli kishi haqida «tanishtirishning hojati yoʻq», demoqchi boʻlsalar, «gʻaniyyun anit taʼrif», deyishadi, yaʼni, taʼrifga muhtoj emas. Demak, bu oyatdagi «agʻna» soʻzini ham bandaning hojati tushib turadigan narsalarni–sogʻliq, zurriyot, aql, fikr va boshqalarni Alloh Oʻzi berib qoʻygan, deb tushunishimiz oʻrinli boʻladi.
«Aqna» esa mol-mulkni toʻplash maʼnosini anglatadi. Albatta, bandalar hojatmand, faqir, kambagʻaldirlar, ularning hojatini Alloh taolo chiqarmasa, boy qilmasa, bu ish kimning qoʻlidan kelardi. Boshqa bandalar bu ishlarda faqat sababchi boʻlishlari mumkin, xolos.