وَقَوْمَ نُوحٍ مِّن قَبْلُ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ هُمْ أَظْلَمَ وَأَطْغَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va bundan oldin Nuh qavmini (halok qilgan ham O`zi). Chunki, ular o`ta zolim va o`ta tug`yonga ketgan edilar.Ва бундан олдин Нуҳ қавмини (ҳалок қилган ҳам Ўзи). Чунки, улар ўта золим ва ўта туғёнга кетган эдилар.Alauddin Mansour: Yana U zot ilgari Nuh qavmini ham (halok qilgandir). Chunki ularning oʻzlari juda zolim va tugʻyonga tushgan kimsalar edilar.Яна У зот илгари Нуҳ қавмини ҳам (ҳалок қилгандир). Чунки уларнинг ўзлари жуда золим ва туғёнга тушган кимсалар эдилар.
Alloh taolo Od va Samud qavmlaridan oldin Nuh qavmini ham halokatga uchratgan edi. Ular juda ham zolim va haddan tashqari tugʻyonga ketgan edilar. Shuning uchun ham, Alloh dunyoni toʻfonga bostirib, ularni halok qildi.