هَـٰذَا نَذِيرٌ مِّنَ ٱلنُّذُرِ ٱلْأُولَىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, avvalgi ogohlantiruvchilar kabi bir ogohlantiruvchidir.Бу, аввалги огоҳлантирувчилар каби бир огоҳлантирувчидир.Alauddin Mansour: Bu (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salom ham) avvalgi ogohlantirguvchilar (paygʻambarlar jumlasi)dan bir ogohlantirguvchidir.Бу (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом ҳам) аввалги огоҳлантиргувчилар (пайғамбарлар жумласи)дан бир огоҳлантиргувчидир.
«Bu» degan ishorada Qurʼon, Paygʻambar yoki Islom nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Demak, Qurʼon ham avvalgi ilohiy kitoblarga oʻxshash ogohlantiruvchi ilohiy bir kitob. Muhammad alayhissalom ham avvalgi Paygʻambarlarga oʻxshash ogohlantiruvchi bir Paygʻambar. Islom ham avvalgi dinlar kabi ogohlantiruvchi bir din. Zotan, Allohning Islomdan boshqa dini yoʻq. Yaʼni, barcha Paygʻambarlarga Islom yuborilgan. Faqat, shariatlar turli boʻlgan.
Ogoh boʻlinglar: avvalgi ogohlantiruvchilarga dushman boʻlganlarning kuni sizlarning boshingizga tushib qolmasin!