فَٱسْجُدُوا۟ لِلَّهِ وَٱعْبُدُوا۟ ۩
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Allohga sajda qilinglar va ibodat qilinglar.Бас, Аллоҳга сажда қилинглар ва ибодат қилинглар.Alauddin Mansour: Bas, sizlar yolgʻiz Allohga sajda va ibodat qilinglar!Бас, сизлар ёлғиз Аллоҳга сажда ва ибодат қилинглар!
Bas endi, beparvolikni yigʻishtiring. Namoz oʻqib, Allohga sajda qiling va U zotga ixlos ila ibodat qiling.
Ushbu oxirgi oyat sajda oyatlaridan boʻlib, kim uni oʻqisa, sajda qilib qoʻymogʻi vojibdir.
Imom Buxoriy qilgan rivoyatda, Paygʻambar alayhissalom ushbu oyatni oʻqib sajda qilganlarida musulmonlaru mushriklar barchasi qoʻshilib sajda qilishganligi aytiladi. Ha, tilovatni eshitib turgan din dushmanlari, mushriklar Qurʼon taʼsirida mushrikliklari eslaridan chiqib qolib, Allohga sajda qilishgan. Keyinchalik oʻzlari ham qoyil qolib yurishgan. Bu mashhur hodisa koʻpchilikni taajjubga solgan.
Har qanday kofir boʻlsa ham, Allohning soʻzlarini eshitganda koʻngli eriydi, lekin sarkashlik ularning iymonga boʻlgan yoʻllarini toʻsib turadi.