Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
ٱقْتَرَبَتِ ٱلسَّاعَةُ وَٱنشَقَّ ٱلْقَمَرُ ﴿١﴾
Soat(qiyomat) yaqinlashdi va oy bo'lindi.
وَإِن يَرَوْا۟ ءَايَةً يُعْرِضُوا۟ وَيَقُولُوا۟ سِحْرٌ مُّسْتَمِرٌّ ﴿٢﴾
Agar bir oyat(mo''jiza)ni ko'rsalar, yuz o'girarlar va: «Bu — o'tkinchi sehr», derlar.
وَكَذَّبُوا۟ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُمْ ۚ وَكُلُّ أَمْرٍ مُّسْتَقِرٌّ ﴿٣﴾
Va yolg'onga chiqardilar hamda havoyi nafslariga ergashdilar. Holbuki, har bir ish o'z o'rnini topuvchidir.
وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّنَ ٱلْأَنۢبَآءِ مَا فِيهِ مُزْدَجَرٌ ﴿٤﴾
Va, darhaqiqat, ularga hayiqtiradigan xabarlardan kelgan edi.
حِكْمَةٌۢ بَـٰلِغَةٌ ۖ فَمَا تُغْنِ ٱلنُّذُرُ ﴿٥﴾
Ularda yetuk hikmat (bor edi). Biroq, ogohlantiruvchilar foyda bermadi.
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ ۘ يَوْمَ يَدْعُ ٱلدَّاعِ إِلَىٰ شَىْءٍ نُّكُرٍ ﴿٦﴾
Bas, Ulardan yuz o'gir! Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda.
خُشَّعًا أَبْصَـٰرُهُمْ يَخْرُجُونَ مِنَ ٱلْأَجْدَاثِ كَأَنَّهُمْ جَرَادٌ مُّنتَشِرٌ ﴿٧﴾
Qabrlardan, ko'zlari qo'rqinchga to'lgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga o'xshab chiqib kelurlar.
مُّهْطِعِينَ إِلَى ٱلدَّاعِ ۖ يَقُولُ ٱلْكَـٰفِرُونَ هَـٰذَا يَوْمٌ عَسِرٌ ﴿٨﴾
Chaqiruvchiga qarab bo'yinlarini cho'zib, shoshilib borurlar. Kofirlar: «Bu qiyin kun-ku», derlar.
۞ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ فَكَذَّبُوا۟ عَبْدَنَا وَقَالُوا۟ مَجْنُونٌ وَٱزْدُجِرَ ﴿٩﴾
Bulardan oldin Nuh qavmi ham yolg'onchi qilgan edi. Bas, bandamizni yolg'onchiga chiqarishdi va, majnun, deyishdi hamda unga to'siqlar qo'yishdi.
فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَغْلُوبٌ فَٱنتَصِرْ ﴿١٠﴾
Va Robbisiga duo qilib: «Albatta, men mag'lub bo'ldim, yordam ber», dedi.
فَفَتَحْنَآ أَبْوَٰبَ ٱلسَّمَآءِ بِمَآءٍ مُّنْهَمِرٍ ﴿١١﴾
Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik.
وَفَجَّرْنَا ٱلْأَرْضَ عُيُونًا فَٱلْتَقَى ٱلْمَآءُ عَلَىٰٓ أَمْرٍ قَدْ قُدِرَ ﴿١٢﴾
Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar.
وَحَمَلْنَـٰهُ عَلَىٰ ذَاتِ أَلْوَٰحٍ وَدُسُرٍ ﴿١٣﴾
Va u(Nuh)ni taxtalari va mixlari bor narsa ustiga ko'tardik.
تَجْرِى بِأَعْيُنِنَا جَزَآءً لِّمَن كَانَ كُفِرَ ﴿١٤﴾
U(Kema) inkor qilingan shaxs(Nuh)ga mukofot bo'lib, Bizning inoyatimiz ila yuradir.
وَلَقَد تَّرَكْنَـٰهَآ ءَايَةً فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿١٥﴾
Va u(hodisa)ni belgi qilib qoldirdik. Qani, ibrat oluvchi bormi?!
فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿١٦﴾
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo'ldi?!
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿١٧﴾
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
كَذَّبَتْ عَادٌ فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿١٨﴾
Od (Hudni) yolg'onchiga chiqardi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo'ldi?
إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِى يَوْمِ نَحْسٍ مُّسْتَمِرٍّ ﴿١٩﴾
Biz davomli mash'um kunda ular ustiga sorsor shamolini yubordik.
تَنزِعُ ٱلنَّاسَ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ مُّنقَعِرٍ ﴿٢٠﴾
U, odamlarni, xuddi xurmo daraxtini tomiri bilan qo'porib yuborgandek, (erdan) uzib-uchirib tashlardi.
فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿٢١﴾
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo'ldi?!
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿٢٢﴾
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِٱلنُّذُرِ ﴿٢٣﴾
Samud ogohlantiruvchilarni yolg'onga chiqardi.
فَقَالُوٓا۟ أَبَشَرًا مِّنَّا وَٰحِدًا نَّتَّبِعُهُۥٓ إِنَّآ إِذًا لَّفِى ضَلَـٰلٍ وَسُعُرٍ ﴿٢٤﴾
Ular: «Biz o'zimizdan bo'lgan bir odamga ergashamizmi? Agar shunday bo'lsa, albatta, adashuvda va jinnilikda bo'lamiz.
أَءُلْقِىَ ٱلذِّكْرُ عَلَيْهِ مِنۢ بَيْنِنَا بَلْ هُوَ كَذَّابٌ أَشِرٌ ﴿٢٥﴾
Bizlarning oramizdan unga zikr (vahiy) tushirilibdimi?! Yo'q, u yolg'onchi va kekkaygandir», dedilar.
سَيَعْلَمُونَ غَدًا مَّنِ ٱلْكَذَّابُ ٱلْأَشِرُ ﴿٢٦﴾
Ertaga kim yolg'onchi va kekkaygan ekanini bilurlar.
إِنَّا مُرْسِلُوا۟ ٱلنَّاقَةِ فِتْنَةً لَّهُمْ فَٱرْتَقِبْهُمْ وَٱصْطَبِرْ ﴿٢٧﴾
Biz ularni sinash uchun tuyani yuboruvchimiz. Ularni kuzatib tur va sabr qil.
وَنَبِّئْهُمْ أَنَّ ٱلْمَآءَ قِسْمَةٌۢ بَيْنَهُمْ ۖ كُلُّ شِرْبٍ مُّحْتَضَرٌ ﴿٢٨﴾
Va ularga, albatta, suv oralarida taqsimlanganining xabarini ber. Har bir ichishga (o'z vaqtida) hozir bo'linar.
فَنَادَوْا۟ صَاحِبَهُمْ فَتَعَاطَىٰ فَعَقَرَ ﴿٢٩﴾
Bas, ular o'z sheriklarini chaqirdilar. U (tuyani) tutdi va so'yib yubordi.
فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿٣٠﴾
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo'ldi?!
إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ صَيْحَةً وَٰحِدَةً فَكَانُوا۟ كَهَشِيمِ ٱلْمُحْتَظِرِ ﴿٣١﴾
Albatta, Biz ularga bir ovoz yubordik. Va ular qo'ra quruvchi (yiqqan) quruq shox-shabbalarga o'xshab qoldilar.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿٣٢﴾
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍۭ بِٱلنُّذُرِ ﴿٣٣﴾
Lut qavmi ogohlantiruvchilarni yolg'onchiga chiqardi.
إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ حَاصِبًا إِلَّآ ءَالَ لُوطٍ ۖ نَّجَّيْنَـٰهُم بِسَحَرٍ ﴿٣٤﴾
Albatta, Biz ularning ustiga (tosh) bo'ron yubordik. Faqat Lut xonadoniga sahar chog'i najot berdik.
نِّعْمَةً مِّنْ عِندِنَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى مَن شَكَرَ ﴿٣٥﴾
Bu, Biz tarafimizdan ne'mat bo'ldi. Kimki shukr qilsa, xuddi shunday mukofotlarmiz.
وَلَقَدْ أَنذَرَهُم بَطْشَتَنَا فَتَمَارَوْا۟ بِٱلنُّذُرِ ﴿٣٦﴾
Darhaqiqat, u(Lut) ularni Bizning tutishimizdan ogohlantirgan edi. Bas, ular ogohlantirishlarga ishonmadilar.
وَلَقَدْ رَٰوَدُوهُ عَن ضَيْفِهِۦ فَطَمَسْنَآ أَعْيُنَهُمْ فَذُوقُوا۟ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿٣٧﴾
Ular undan mehmonlarini topshirishni so'radilar. Bas, ko'zlarini ko'r qildik. Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib ko'rsinlar.
وَلَقَدْ صَبَّحَهُم بُكْرَةً عَذَابٌ مُّسْتَقِرٌّ ﴿٣٨﴾
Batahqiq, erta tongda ularni sobit, davomli azob tutdi.
فَذُوقُوا۟ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿٣٩﴾
Bas, Mening azoblarimni va ogohlantirishlarimni totib ko'ringlar!
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿٤٠﴾
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
وَلَقَدْ جَآءَ ءَالَ فِرْعَوْنَ ٱلنُّذُرُ ﴿٤١﴾
Darhaqiqat, Fir'avn ahliga ogohlantirishlar keldi.
كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا كُلِّهَا فَأَخَذْنَـٰهُمْ أَخْذَ عَزِيزٍ مُّقْتَدِرٍ ﴿٤٢﴾
Bizning oyatlarimizning barchasini yolg'onga chiqarishdi. Bas, Biz ularni g'olib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik.
أَكُفَّارُكُمْ خَيْرٌ مِّنْ أُو۟لَـٰٓئِكُمْ أَمْ لَكُم بَرَآءَةٌ فِى ٱلزُّبُرِ ﴿٤٣﴾
Sizning kofirlaringiz avvalgilaringizdan yaxshiroqmi?! Yoki kitoblarda sizlarga oqlov bormi?!
أَمْ يَقُولُونَ نَحْنُ جَمِيعٌ مُّنتَصِرٌ ﴿٤٤﴾
Yoki, Biz nusratga erishuvchi jamoatmiz, deyishar?!
سَيُهْزَمُ ٱلْجَمْعُ وَيُوَلُّونَ ٱلدُّبُرَ ﴿٤٥﴾
U jamoa tezda yengilar va orqalariga qarab qocharlar.
بَلِ ٱلسَّاعَةُ مَوْعِدُهُمْ وَٱلسَّاعَةُ أَدْهَىٰ وَأَمَرُّ ﴿٤٦﴾
Ha, ularga va'da qilingan vaqt, soat(qiyomat)dir. Va u soat (azobi) ulkanroq va achchiqroqdir.
إِنَّ ٱلْمُجْرِمِينَ فِى ضَلَـٰلٍ وَسُعُرٍ ﴿٤٧﴾
Albatta, jinoyatkorlar adashuvda va olov-otashdadirlar.
يَوْمَ يُسْحَبُونَ فِى ٱلنَّارِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ ذُوقُوا۟ مَسَّ سَقَرَ ﴿٤٨﴾
Yuztuban do'zaxga sudraladigan kunda, jahannam azobini tatib ko'ring, (deyilur).
إِنَّا كُلَّ شَىْءٍ خَلَقْنَـٰهُ بِقَدَرٍ ﴿٤٩﴾
Albatta, Biz har narsani o'lchov bilan yaratdik.
وَمَآ أَمْرُنَآ إِلَّا وَٰحِدَةٌ كَلَمْحٍۭ بِٱلْبَصَرِ ﴿٥٠﴾
Bizning farmonimiz bir so'zdan o'zga emas. Ko'z yumib ochguncha bo'lur.
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَآ أَشْيَاعَكُمْ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿٥١﴾
Darhaqiqat, Biz sizga o'xshaganlarni halok qildik. Bas, buni eslovchilardan bormi, o'zi?!
وَكُلُّ شَىْءٍ فَعَلُوهُ فِى ٱلزُّبُرِ ﴿٥٢﴾
Va ularning har bir ishlari kitoblardadir.
وَكُلُّ صَغِيرٍ وَكَبِيرٍ مُّسْتَطَرٌ ﴿٥٣﴾
Har bir kichigu katta (ishlar) satrlangandir.
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّـٰتٍ وَنَهَرٍ ﴿٥٤﴾
Albatta, taqvodorlar jannatu anhorlardadirlar.
فِى مَقْعَدِ صِدْقٍ عِندَ مَلِيكٍ مُّقْتَدِرٍۭ ﴿٥٥﴾
Sidq o'rindiqda, qudratli Podshoh huzuridadir.