فِى مَقْعَدِ صِدْقٍ عِندَ مَلِيكٍ مُّقْتَدِرٍۭ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sidq o`rindiqda, qudratli Podshoh huzuridadir.Сидқ ўриндиқда, қудратли Подшоҳ ҳузуридадир.Alauddin Mansour: Qodir Podshoh huzuridagi rozi boʻlingan oʻrinda boʻlurlar.Қодир Подшоҳ ҳузуридаги рози бўлинган ўринда бўлурлар.
Demak, kofirlar bu dunyoda qilgan gunohlari uchun azob-uqubatli doʻzaxda kuyib turgan bir paytda, taqvodorlar oxiratda daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarda, Alloh taoloning huzurida abadiy rohat va farogʻatda boʻlar ekanlar. Ibn Kasirning aytishlaricha, Paygʻambar alayhissalom «Qof» va «Qamar» suralarini qurbon hayiti va roʻza hayiti namozlarida oʻqir edilar. Shuningdek, katta yigʻinlarda ham oʻqir edilar. Chunki, bu suralarda yomonlarga qoʻrqitish, yaxshilarga vaʼdalar, yaratishning boshi va qayta tiriltirish, tavhid va Paygʻambarlik masalalari va boshqa ulkan masalalar toʻplangandir.
Alloh taoloning yordami va rioyati
SHAYX
MUHAMMAD SODIQ
MUHAMMAD YUSUF
TUZATILGAN VA QOʻSHIMCHA QILINGAN
IKKINCHI NASHR
6 JUZ
Alloh taoloning kalomi tafsiri haqidagi ushbu kamtarona urinishni qiblagohim Muhammad Yusuf hoji va onajonim Sobira xonim Tilakberdi qizi rahmatullohi alayhimolarga bagʻishlayman. Haqq taolodan u zotlarni magʻfirat aylab, joylarini jannatdan qilishini tilab duolar qilaman. Muhtaram oʻquvchilardan otamiz va onamiz haqlariga duolar umididaman.
Muallif.
Sh i o r i m i z:
Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo Islomga intilish, Qurʼon va sunnatni oʻrganib amal qilish, islomiy maʼrifat taratish, salafi solih — ulugʻ mujtahidlarga ergashish, kengbagʻirlik va birodarlik ruhini tarqatish.
© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, 2008.
Diyniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bidʼat-xurofotlarni yoʻqotish.