Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
ٱلرَّحْمَـٰنُ ﴿١﴾
Rohman.
عَلَّمَ ٱلْقُرْءَانَ ﴿٢﴾
Qur'onni o'rgatdi.
خَلَقَ ٱلْإِنسَـٰنَ ﴿٣﴾
Insonni yaratdi.
عَلَّمَهُ ٱلْبَيَانَ ﴿٤﴾
Unga bayonni o'rgatdi.
ٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ بِحُسْبَانٍ ﴿٥﴾
Quyosh va oy hisobdadir.
وَٱلنَّجْمُ وَٱلشَّجَرُ يَسْجُدَانِ ﴿٦﴾
O't-o'lan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar.
وَٱلسَّمَآءَ رَفَعَهَا وَوَضَعَ ٱلْمِيزَانَ ﴿٧﴾
Osmonni baland ko'tardi va (adolat) tarozuni o'rnatdi.
أَلَّا تَطْغَوْا۟ فِى ٱلْمِيزَانِ ﴿٨﴾
Mezonda haddingizdan oshmasligingiz uchun.
وَأَقِيمُوا۟ ٱلْوَزْنَ بِٱلْقِسْطِ وَلَا تُخْسِرُوا۟ ٱلْمِيزَانَ ﴿٩﴾
Adolat ila o'lchang va tarozudan urib qolmang.
وَٱلْأَرْضَ وَضَعَهَا لِلْأَنَامِ ﴿١٠﴾
Va yerni xaloyiq uchun qo'ydi.
فِيهَا فَـٰكِهَةٌ وَٱلنَّخْلُ ذَاتُ ٱلْأَكْمَامِ ﴿١١﴾
U(er)da mevalar va gulkosali xurmolar bor.
وَٱلْحَبُّ ذُو ٱلْعَصْفِ وَٱلرَّيْحَانُ ﴿١٢﴾
Va somonli donlar hamda rayhonlar bor.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿١٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
خَلَقَ ٱلْإِنسَـٰنَ مِن صَلْصَـٰلٍ كَٱلْفَخَّارِ ﴿١٤﴾
Insonni sopolga o'xshash qurigan loydan yaratdi.
وَخَلَقَ ٱلْجَآنَّ مِن مَّارِجٍ مِّن نَّارٍ ﴿١٥﴾
Va jinlarni o't-alangadan yaratdi.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿١٦﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
رَبُّ ٱلْمَشْرِقَيْنِ وَرَبُّ ٱلْمَغْرِبَيْنِ ﴿١٧﴾
U ikki mashriq va ikki mag'ribning Robbidir.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿١٨﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
مَرَجَ ٱلْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ ﴿١٩﴾
Daryoyu dengizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qo'ydi.
بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لَّا يَبْغِيَانِ ﴿٢٠﴾
O'rtalaridagi to'siqdan oshib o'tolmaslar.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٢١﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
يَخْرُجُ مِنْهُمَا ٱللُّؤْلُؤُ وَٱلْمَرْجَانُ ﴿٢٢﴾
U ikkisidan lu'lu' va marjon chiqar.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٢٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarrini yolg'on deya olursiz?!
وَلَهُ ٱلْجَوَارِ ٱلْمُنشَـَٔاتُ فِى ٱلْبَحْرِ كَٱلْأَعْلَـٰمِ ﴿٢٤﴾
Dengizlarda tog'dek bo'lib suzib yuruvchilar ham Unikidir.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٢٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍ ﴿٢٦﴾
(Er) yuzidagi barcha jonzot foniydir.
وَيَبْقَىٰ وَجْهُ رَبِّكَ ذُو ٱلْجَلَـٰلِ وَٱلْإِكْرَامِ ﴿٢٧﴾
Ulug'lik va ikrom egasi Robbingning O'zigina boqiydir.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٢٨﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
يَسْـَٔلُهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ كُلَّ يَوْمٍ هُوَ فِى شَأْنٍ ﴿٢٩﴾
Undan yeru osmondagi jonzotlar so'rarlar. U har kuni ishdadir.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٣٠﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
سَنَفْرُغُ لَكُمْ أَيُّهَ ٱلثَّقَلَانِ ﴿٣١﴾
Albatta, sizlar uchun vaqt topamiz, ey, insu jinlar!
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٣٢﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
يَـٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ إِنِ ٱسْتَطَعْتُمْ أَن تَنفُذُوا۟ مِنْ أَقْطَارِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ فَٱنفُذُوا۟ ۚ لَا تَنفُذُونَ إِلَّا بِسُلْطَـٰنٍ ﴿٣٣﴾
Ey, jin va ins jamoalari, agar siz osmonlaru yer chegaralaridan chiqib ketishga qodir bo'lsalaringiz, chiqaveringlar. Faqat, sulton ila chiqa olursiz, xolos.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٣٤﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌ مِّن نَّارٍ وَنُحَاسٌ فَلَا تَنتَصِرَانِ ﴿٣٥﴾
Ustingizdan olov va tutun yuborilur. Bas, qutula olmassiz.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٣٦﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
فَإِذَا ٱنشَقَّتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتْ وَرْدَةً كَٱلدِّهَانِ ﴿٣٧﴾
Osmon yorilib, qirmizi moyga aylangan vaqtda...
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٣٨﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
فَيَوْمَئِذٍ لَّا يُسْـَٔلُ عَن ذَنۢبِهِۦٓ إِنسٌ وَلَا جَآنٌّ ﴿٣٩﴾
Bas, u kunda ins ham, jin ham gunohidan so'ralmas.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٤٠﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
يُعْرَفُ ٱلْمُجْرِمُونَ بِسِيمَـٰهُمْ فَيُؤْخَذُ بِٱلنَّوَٰصِى وَٱلْأَقْدَامِ ﴿٤١﴾
Jinoyatkorlar siymolaridan bilinib turar. Va ularning peshona sochlari va oyoqlaridan tutilur.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٤٢﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
هَـٰذِهِۦ جَهَنَّمُ ٱلَّتِى يُكَذِّبُ بِهَا ٱلْمُجْرِمُونَ ﴿٤٣﴾
Jinoyatkorlar yolg'onga chiqarayotgan jahannam shu bo'ladir.
يَطُوفُونَ بَيْنَهَا وَبَيْنَ حَمِيمٍ ءَانٍ ﴿٤٤﴾
Ular jahannam bilan o'ta qaynoq suv o'rtasida aylanurlar.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٤٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ جَنَّتَانِ ﴿٤٦﴾
Robbisi huzurida turishdan qo'rqqanlar uchun ikki jannat bor.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٤٧﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
ذَوَاتَآ أَفْنَانٍ ﴿٤٨﴾
U(jannat)lar shox-novdalidirlar.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٤٩﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
فِيهِمَا عَيْنَانِ تَجْرِيَانِ ﴿٥٠﴾
Ikkovlarida ikki oqar buloq bor.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٥١﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
فِيهِمَا مِن كُلِّ فَـٰكِهَةٍ زَوْجَانِ ﴿٥٢﴾
Ikkovlarida ham mevadan juft navlar bor.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٥٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ فُرُشٍۭ بَطَآئِنُهَا مِنْ إِسْتَبْرَقٍ ۚ وَجَنَى ٱلْجَنَّتَيْنِ دَانٍ ﴿٥٤﴾
Ipak astarli to'shaklarga yonboshlagan va ikki jannat mevalari yaqin bo'lgan hollarida...
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٥٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
فِيهِنَّ قَـٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنسٌ قَبْلَهُمْ وَلَا جَآنٌّ ﴿٥٦﴾
Ularda ko'zlari tiyilgan, avval ins ham, jin ham tegmagan(hur)lar bor.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٥٧﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
كَأَنَّهُنَّ ٱلْيَاقُوتُ وَٱلْمَرْجَانُ ﴿٥٨﴾
U(hur)lar xuddi yoqut va marjonga o'xsharlar.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٥٩﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
هَلْ جَزَآءُ ٱلْإِحْسَـٰنِ إِلَّا ٱلْإِحْسَـٰنُ ﴿٦٠﴾
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٦١﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
وَمِن دُونِهِمَا جَنَّتَانِ ﴿٦٢﴾
U ikkovidan pastroqda yana ikki jannat bor.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٦٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
مُدْهَآمَّتَانِ ﴿٦٤﴾
Ikkovlari yam-yashildir.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٦٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
فِيهِمَا عَيْنَانِ نَضَّاخَتَانِ ﴿٦٦﴾
Ikkovlarida otilib turuvchi ikki buloq bordir.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٦٧﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
فِيهِمَا فَـٰكِهَةٌ وَنَخْلٌ وَرُمَّانٌ ﴿٦٨﴾
Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bordir.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٦٩﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
فِيهِنَّ خَيْرَٰتٌ حِسَانٌ ﴿٧٠﴾
Ularda yaxshi go'zallar bor.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٧١﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
حُورٌ مَّقْصُورَٰتٌ فِى ٱلْخِيَامِ ﴿٧٢﴾
Chodirlarni lozim tutgan hurlar bor.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٧٣﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنسٌ قَبْلَهُمْ وَلَا جَآنٌّ ﴿٧٤﴾
Avval ularga ins ham, jin ham tegmagan.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٧٥﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ رَفْرَفٍ خُضْرٍ وَعَبْقَرِىٍّ حِسَانٍ ﴿٧٦﴾
Yashil bolishlarga va go'zal gilamlarda yonboshlagan hollaridadir.
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ﴿٧٧﴾
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
تَبَـٰرَكَ ٱسْمُ رَبِّكَ ذِى ٱلْجَلَـٰلِ وَٱلْإِكْرَامِ ﴿٧٨﴾
Ulug'lik va ikrom egasi bo'lmish Robbingizning ismi muborak bo'ldi.