يَسْـَٔلُهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ كُلَّ يَوْمٍ هُوَ فِى شَأْنٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Undan yeru osmondagi jonzotlar so`rarlar. U har kuni ishdadir.Ундан еру осмондаги жонзотлар сўрарлар. У ҳар куни ишдадир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi (barcha) jonzot (Unga muhtojdir va bor tilak-maqsadlarini yolgʻiz) Undan soʻrar. U zot har kuni bir ish-amaldadir.Осмонлар ва Ердаги (барча) жонзот (Унга муҳтождир ва бор тилак-мақсадларини ёлғиз) Ундан сўрар. У зот ҳар куни бир иш-амалдадир.
Bu oyatda Alloh taoloni ulugʻlash maʼnosi oʻz aksini topgan. Butun mavjudot, yerda boʻlsin, osmonda boʻlsin, Allohdan soʻrovlarini soʻraydi. Nimani soʻrashlari oyatda tayin qilinmagan. Har kim nimaga muhtoj boʻlsa, oʻshani soʻraydi.
Shu bilan birga, Alloh subhanahu va taolo har doim, har lahzada ishda ekani, yaʼni, toʻxtovsiz ravishda olamni tasarruf qilib turgani tasdiqlanyapti. Bu oyat baʼzi qavmlarning Alloh toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy buzuqliklariga ham zarbadir. Jumladan, nasorolarda (yakshanba kuni) yahudiylarda (shanba kuni) «Alloh dam oladi», degan buzuq aqiydalar bor. Alloh taolo dam olishga muhtoj emas, balki doimo ishdadir.
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kulla yavmin huva fi shaʼn» oyatini oʻqigan ekanlar, sahobai kiromlar:
«Ey, Allohning Rasuli, u shaʼn nimadir?» deb soʻrashibdi. Shunda u zoti bobarakot:
«Gunohni koʻtarib, ikkinchisini pasaytirmoqligi», degan ekanlar. Qisqasi, dunyodagi har bir kattayu kichik ish Alloh taolo bilan boʻlishligidir.
Bu maqomga Rohman sifatli Alloh taolo sazovor boʻlmasa, kim sazovor boʻlar edi!