QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят37

فَإِذَا ٱنشَقَّتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتْ وَرْدَةً كَٱلدِّهَانِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmon yorilib, qirmizi moyga aylangan vaqtda...Осмон ёрилиб, қирмизи мойга айланган вақтда...Alauddin Mansour: Endi qachon (Qiyomat qoyim boʻlgach) osmon yorilib, (jahannam haroratidan dogʻlangan) yogʻ kabi qizarib qolganida,Энди қачон (Қиёмат қойим бўлгач) осмон ёрилиб, (жаҳаннам ҳароратидан доғланган) ёғ каби қизариб қолганида,

532-sahifa · 27-juz · 54-hizb532-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиٱنشَقَّتِyorilsaёрилсаٱلسَّمَآءُosmonосмонفَكَانَتْva boʻlsaва бўлсаوَرْدَةًۭqirmizi (qizil gul)қирмизи (қизил гул)كَٱلدِّهَانِmoyga oʻxshashмойга ўхшаш
TafsirТафсир

Maʼlumki, osmon inson koʻziga koʻrinib turadigan eng ulkan va mustahkam narsadir. Hozirgi kunda bu mavjudotning yorilib parchalanishini va erib, yogʻga aylanib, qirmizi atirgul rangiga kirishini tasavvur qilish qiyin. Lekin qiyomat kunining dahshati shu qadar kuchli ekanki, oʻsha kunda osmondek buyuk va mustahkam narsa ham parchalanib, erib ketar va qirmizi rangga aylanar ekan. Osmonning erishi hech aqlga toʻgʻri kelmaydi, deysizmi? Ha, bu oddiy kishilar tasavvur qilishlari qiyin narsa edi. Lekin ilm rivojlanib, koʻzga koʻrinmas havodan koʻzga koʻrinib, ushlasa boʻladigan moddalar olinmoqda. Osmonning erishi ham shu maʼnoda boʻlsa, ajab emas. Bundan tashqari, hozircha bizning aqllarimiz yetmaydigan boʻlakcha holatlar yuzaga kelishi ham mumkin. Chunki, Rohman sifatli Alloh har narsaga qodir, bundan boshqa gʻayritabiiy hodisalar ham Unga hech qiyin emas.