مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ فُرُشٍۭ بَطَآئِنُهَا مِنْ إِسْتَبْرَقٍ ۚ وَجَنَى ٱلْجَنَّتَيْنِ دَانٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ipak astarli to`shaklarga yonboshlagan va ikki jannat mevalari yaqin bo`lgan hollarida...Ипак астарли тўшакларга ёнбошлаган ва икки жаннат мевалари яқин бўлган ҳолларида...Alauddin Mansour: (Ahli jannat) astarlari shoyidan boʻlgan koʻrpachalar ustida yastangan hollarida (oʻltirurlar). U jannatlarning mevasi yaqin boʻlguvchidir (yaʼni, jannat ahli qay-bir mevani yeyishni istasa, oʻsha mevaning oʻzi ularga egilib, yaqin kelur).(Аҳли жаннат) астарлари шойидан бўлган кўрпачалар устида ястанган ҳолларида (ўлтирурлар). У жаннатларнинг меваси яқин бўлгувчидир (яъни, жаннат аҳли қай-бир мевани ейишни истаса, ўша меванинг ўзи уларга эгилиб, яқин келур).
Jannat ahli ipak astarli toʻshaklarga yonboshlagan holda istirohatda boʻlar ekanlar. Jannat ichidagi ikki bogʻning mevalari ularga yaqin boʻlib, oʻtirgan ham, turgan ham, yonboshlagan ham qiynalmasdan uzib olib, baham koʻraverar ekan.