نَحْنُ خَلَقْنَـٰكُمْ فَلَوْلَا تُصَدِّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz sizlarni yaratganmiz, ishonsalaring-chi!Биз сизларни яратганмиз, ишонсаларинг-чи!Alauddin Mansour: (Ey insonlar), sizlarni Biz Oʻzimiz yaratdik-ku! Endi sizlar (Oxiratda yana qayta yaratishga qodir ekanligimizni) tasdiq etmaysizlarmi?!(Эй инсонлар), сизларни Биз Ўзимиз яратдик-ку! Энди сизлар (Охиратда яна қайта яратишга қодир эканлигимизни) тасдиқ этмайсизларми?!
Oyatda odamlarga lutf bilan xitob qilinyapti. Inson soʻzi «nisyon»dan kelib chiqqan, deydi arab tilshunoslari. Nisyon esa «unutish» degani. Ha, inson hamma narsani tezda unutib turadi. Jumladan, oʻzining yaratilishini ham. Agar inson oʻzining dunyoga kelish jarayonini tafakkur bilan oʻylab koʻrsa, albatta, Alloh taologa iymon keltirmay iloji yoʻq. Lekin bu narsa koʻp takror boʻlaverib, gʻofil inson unga eʼtibor bermaydigan boʻlib qolgan. Bir eʼtibor berib koʻrsin-chi, nima boʻlar ekan. Axir, har bir insonning yaratilishining oʻzi Alloh taoloning qudratiga yorqin dalil-ku!