QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят65

لَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَـٰهُ حُطَـٰمًا فَظَلْتُمْ تَفَكَّهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xohlasak, Biz uni quruq cho`pga aylantirib qo`yamiz. Sizlar esa, nadomatda ajablanib:Агар хоҳласак, Биз уни қуруқ чўпга айлантириб қўямиз. Сизлар эса, надоматда ажабланиб:Alauddin Mansour: Agar Biz xohlasak, albatta uni quruq choʻp qilib qoʻygan boʻlur edik, bas, sizlar ajablangan hollaringizda:Агар Биз хоҳласак, албатта уни қуруқ чўп қилиб қўйган бўлур эдик, бас, сизлар ажабланган ҳолларингизда:

536-sahifa · 27-juz · 54-hizb536-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَوْagarагарنَشَآءُxohlasakхоҳласакلَجَعَلْنَـٰهُalbatta uni qilardikалбатта уни қилардикحُطَـٰمًۭاquruq choʻpқуруқ чўпفَظَلْتُمْbas, qolar edingizбас, қолар эдингизتَفَكَّهُونَajablanibажабланиб
TafsirТафсир

Ziroatni Alloh taolo oʻstirishi avval taʼkidlanib, bu borada ham insonning ojizligi uning esiga solingan edi. Ushbu uch oyatda insonning mazkur ojizligi boshqa tomondan taʼkidlanmoqda.

«Agar xohlasak, Biz uni quruq choʻpga aylantirib qoʻyamiz.»

Ha, Alloh taolo Oʻzi xohlagan lahzada yam-yashil boʻlib turgan dov-daraxt, oʻt-oʻlan va ekin-tikinlarni quruq choʻpga aylantirib qoʻyishi juda ham oson. Bu qudratini bandalariga eslatib turish uchun har zamonda, namuna sifatida misollar koʻrsatib ham turadi. Agar Alloh xohlab nabototlarni quruq choʻpga aylantirib qoʻysa, bandalar nima qila oladi? Hech narsa. Ularning qila oladigan ishi:

«nadomatda ajablanib:

«Albatta, biz ziyon koʻrganlarmiz.

Balki mahrum boʻlganlarmiz», deyish boʻladi, xolos.

Bas, shundoq ekan, bandalar oʻzlari ekayotgan narsalarni undiruvchi zot–Alloh taologa iymon keltirib, U zotga ibodat qilsalar boʻlmaydimi?

Qurʼoni Karim Allohning qudratiga dalolat qiluvchi hujjatlarni keltirishda davom etib, inson har doim muhtoj boʻlib turadigan neʼmatlardan biri boʻlmish suv haqida soʻz ochadi: