QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят76

وَإِنَّهُۥ لَقَسَمٌ لَّوْ تَعْلَمُونَ عَظِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, agar bilsangiz, bu ulug` qasamdir.Албатта, агар билсангиз, бу улуғ қасамдир.Alauddin Mansour: — Holbuki, bu (qasam) agar bilsangizlar, shak-shubhasiz, ulugʻ-katta qasamdir,— Ҳолбуки, бу (қасам) агар билсангизлар, шак-шубҳасиз, улуғ-катта қасамдир,

536-sahifa · 27-juz · 54-hizb536-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّهُۥva albatta uва албатта уلَقَسَمٌۭqasamdirқасамдирلَّوْagarагарتَعْلَمُونَbilsangizбилсангизعَظِيمٌulugʻулуғ
TafsirТафсир

Bu oyati karima oʻn toʻrt asrdan koʻproq muqaddam nozil boʻlganligi hammaga maʼlum. Oʻsha paytda odamlar yulduzlar haqida sodda tushunchaga ega edilar, ularning hajmi, soni, joylashishi, bir-biridan uzoqligi, harakati haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Falakiyot ilmi rivojlanib, turli asboblar ixtiro qilinib, ular vositasida ochilgan juda koʻplab kashfiyotlar Qurʼon oyatlarining ulugʻligini tasdiqladi. Sonsiz-sanoqsiz yulduzlar aniqlandi. Bosh- qa ajoyibotlar oʻrganildi. Bularning hammasi ushbu qasam bekorga emasligini tasdiqladi.

Alloh taolo ulugʻ narsa bilan qasam ichadi va qasam bilan muhim narsani tasdiqlaydi. Ushbu oyatlarda yulduzlarning joylari bilan qasam ichishdan maqsad Qurʼoni Karimni tasdiqlashdir.