QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят89

فَرَوْحٌ وَرَيْحَانٌ وَجَنَّتُ نَعِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Rohatda, farog`atda va serne'mat jannatdadir.Роҳатда, фароғатда ва сернеъмат жаннатдадир.Alauddin Mansour: u holda (uning uchun) rohat-farogʻat, goʻzal rizq va noz-neʼmatli jannat bordir!у ҳолда (унинг учун) роҳат-фароғат, гўзал ризқ ва ноз-неъматли жаннат бордир!

537-sahifa · 27-juz · 54-hizb537-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَرَوْحٌۭbas, rohatбас, роҳатوَرَيْحَانٌۭva farogʻatва фароғатوَجَنَّتُva jannatiва жаннатиنَعِيمٍۢserneʼmatсернеъмат
TafsirТафсир

Agar halqumga kelib qolgan jonning egasi Allohga muqarrab bandalardan boʻlsa, joni chiqib u dunyoga rehlat qilgandan soʻng rohat-farogʻatda va neʼmatlari koʻp jannatda boʻladi.

Suraning avvalida uchga boʻlingan toifalardan eng oliysi boʻlganlar, yaʼni Allohga yaqinlashtirilganlar, qiyomatda Alloh taoloning huzurida turadigan oliy maqom zotlar rohatda, ulugʻ rizqda va serneʼmat jannatda boʻladilar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda marhamat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Alloh bilan muloqotda boʻlishni yaxshi koʻrsa, Alloh ham u bilan muloqotda boʻlishni yaxshi koʻradi. Kim Alloh bilan muloqotda boʻlishni yomon koʻrsa, Alloh ham u bilan muloqotda boʻlishni yomon koʻradi», dedilar. Odamlar bu gapni eshitib, yigʻlashga tushdilar. Ul zot:

«Nimaga yigʻlayapsizlar?»–deb soʻradilar. Kishilar:

«Biz oʻlimni yomon koʻramiz-ku!»–deyishdi. Paygʻambar alay- hissalom:

«Gap unday emas. Agar birovning joni halqumiga kelganda, «Agar yaqinlashtirilganlardan boʻlsa. Rohatda, farogʻatda va serneʼmat jannatdadir», deb bashorat berilsa, u banda Alloh bilan muloqotda boʻlishni yaxshi koʻrib qoladi. Alloh esa, uni undan ham yaxshi koʻradi. Agar joni halqumiga kelgan kishiga «Va agar yolgʻonga chiqaruvchi gumrohlardan boʻlsa. Bas, oʻta qaynoq suvdan ziyofat. Va doʻzaxga kirishdir», deb «bashorat» berilsa, Alloh bilan muloqotda boʻlishni yomon koʻradi, Alloh esa, uni undan ham yomonroq koʻradi», dedilar.

Kelgusi oyatda jon chiqqanidan keyin boʻladigan hodisalardan baʼzilari zikr qilinadi.