QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят1

سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlardagi va yerdagi narsalar Allohga tasbih aytdi. U zot Aziyz va Hakiymdir.Осмонлардаги ва ердаги нарсалар Аллоҳга тасбиҳ айтди. У зот Азийз ва Ҳакиймдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytdi. U qudrat va hikmat Sohibidir.Осмонлар ва Ердаги бор нарса Аллоҳга тасбеҳ айтди. У қудрат ва ҳикмат Соҳибидир.

537-sahifa · 27-juz · 54-hizb537-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَبَّحَtasbih aytdiтасбиҳ айтдиلِلَّهِAllohgaАллоҳгаمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۖva yerва ерوَهُوَva Uва Уٱلْعَزِيزُazizазизٱلْحَكِيمُhakimdirҳакимдир
TafsirТафсир

«Tasbih aytish» degani ulugʻlash, poklash, nuqsonsiz deb yod etish, kabi maʼnolarni oʻzida mujassamlashtirgan.

Aslida, tasbih aytish «Subhanalloh» kalimasini takrorlash bilan boʻladi. Borliqdagi hamma narsa oʻziga xos yoʻl bilan Allohga tasbih aytadi. Biz faqat insonning tasbihini anglaymiz, boshqalarning tasbihini anglamaymiz. Bu haqiqat «Isro» surasida zikr qilingan.

Boshqa suralarda ham shunga oʻxshash xabarlar bor.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Makkada bir tosh yangi Paygʻambar boʻlgan paytimda menga salom berar edi. Hozir ham uni taniyman», deganlar.

Imom Termiziy qilgan rivoyatda hazrati Ali karramallohu vajhahu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Makkaning chetiga chiqdik, koʻringan har bir tosh, har bir togʻ u kishiga «Assalomu alayka, ya Rasululloh» der edi», deb aytganlar.

Imom Buxoriy rivoyatlarida Anas ibn Molik roziyallohu anhu: «Rasululloh alayhissalom bir toʻnka ustida xutba aytardilar. U kishiga minbar qilib berilgach, unga chiqib xutba aytayotganlarida, toʻnka tuyaning ovoziga oʻxshash ovoz chiqarib yigʻladi. Rasululloh tushib, uni ushlagan edilar, jim boʻlib qoldi», deganlar.

Oyatning soʻngida Alloh taoloning sifatlaridan ikkitasi zikr qilinadi.

Birinchisi–«Aziyz». Azizlik bir sifat boʻlib, oʻz egasini magʻlub boʻlishdan manʼ qiladi. «Alloh kuchli va doimo gʻolibdir» maʼnosini anglatadi.

Ikkinchisi–«Hakiym» sifati esa, toʻgʻrilikni ilm va aql bilan topishga aytiladi. Allohning hakimligi har bir narsani yaxshilab, hikmat bilan qilishligidadir.