QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят2

لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerning mulki Unikidir. U tiriltirur va o`ldirur va U har bir narsaga qodirdir.Осмонлару ернинг мулки Уникидир. У тирилтирур ва ўлдирур ва У ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yer Uning mulkidir. U hayot va oʻlim berur. U barcha narsaga qodirdir.Осмонлар ва Ер Унинг мулкидир. У ҳаёт ва ўлим берур. У барча нарсага қодирдир.

537-sahifa · 27-juz · 54-hizb537-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَهُۥUnikidirУникидирمُلْكُmulkiмулкиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۖva yerningва ернингيُحْىِۦtiriltirurтирилтирурوَيُمِيتُ ۖva oʻldirurва ўлдирурوَهُوَva Uва Уعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaнарсаقَدِيرٌqodirdirқодирдир
TafsirТафсир

Tiriklik, hayot, jon–bularning asli nima ekanini haligacha hech kim bilgani yoʻq. Hayotning masdari nima? U qayerdan keladi? Bu savollarga hech kim javob bera olmaydi. Qurʼon «Hayotni Alloh berdi, tiriltiradigan zot ham faqat Uning Oʻzi», deydi. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Shuningdek, oʻlimning haqiqatini ham biron odam bilmaydi. Hayotni hech kim bera olmaganidek, uni hech kim ololmaydi ham. Faqat Allohning Oʻzi oladi, Oʻzi tugatadi. U hamma narsaga qodirdir. Qudratini cheklaydigan chegara yoki oʻzga kuch yoʻq.