QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят3

هُوَ ٱلْأَوَّلُ وَٱلْـَٔاخِرُ وَٱلظَّـٰهِرُ وَٱلْبَاطِنُ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U avval va oxir, oshkor va pinhondir. Va U har bir narsani biluvchidir.У аввал ва охир, ошкор ва пинҳондир. Ва У ҳар бир нарсани билувчидир.Alauddin Mansour: Avval ham, oxir ham, zohir ham, botin ham Uning Oʻzidir. U barcha narsani bilguvchidir.Аввал ҳам, охир ҳам, зоҳир ҳам, ботин ҳам Унинг Ўзидир. У барча нарсани билгувчидир.

537-sahifa · 27-juz · 54-hizb537-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱلْأَوَّلُavvalаввалوَٱلْـَٔاخِرُva oxirва охирوَٱلظَّـٰهِرُva oshkorва ошкорوَٱلْبَاطِنُ ۖva pinhondirва пинҳондирوَهُوَva Uва Уبِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниعَلِيمٌbiluvchidirбилувчидир
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Allohning beshta sifati zikr qilinadi. 1. «Avval»–U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni «Avval» sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. 2. «Oxir»–U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi. 3. «Oshkor»–Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir, bunga behisob dalolatlar bor. U hamma narsadan zohir–ustundir. 4. «Pinhon»–U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon, maxfiy narsalarni bilib turuvchidir. 5. «Har bir narsani biluvchi»–Undan yashirib qoladigan hech narsa yoʻq. Allohning ilmiga yaqin keladigan hech bir ilm yoʻq. Allohning ulugʻligi bayonidek soʻng surada yana boshqa haqiqatning tafsiloti boshlanadi: