QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят4

هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۚ يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۖ وَهُوَ مَعَكُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U osmonlaru yerni olti kunda yaratib, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Yerga nima kirganini ham, undan nima chiqqanini ham, osmondan nima tushganini ham, unga nima chiqqanini ham biladir. U, qayerda bo`lsangiz ham, siz bilan birga. Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchidir.У осмонлару ерни олти кунда яратиб, сўнгра (Зоти ва улуғлигига муносиб суратда) Аршга юксалган Зотдир. Ерга нима кирганини ҳам, ундан нима чиққанини ҳам, осмондан нима тушганини ҳам, унга нима чиққанини ҳам биладир. У, қаерда бўлсангиз ҳам, сиз билан бирга. Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўриб турувчидир.Alauddin Mansour: U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, soʻngra (Zoti va Ulugʻligiga munosib tarzda) Arshga oliy boʻlgan Zotdir. U Yerga kiradigan (yomgʻir-qor suvi xazina-yu dafina va jasadlar kabi) narsalarni ham, undan chiqadigan (oʻt-oʻlan, nabotot va buloq suvlari kabi narsalarni ham, samodan tushadigan (rizqu nasiba, xayru baraka kabi) narsalarni ham, unga (samoga) koʻtariladigan (yaʼni, amal va duo-iltijo kabi) narsalarni ham bilur. Sizlar qayerda boʻlsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchidir.У осмонлар ва Ерни олти кунда яратиб, сўнгра (Зоти ва Улуғлигига муносиб тарзда) Аршга олий бўлган Зотдир. У Ерга кирадиган (ёмғир-қор суви хазина-ю дафина ва жасадлар каби) нарсаларни ҳам, ундан чиқадиган (ўт-ўлан, наботот ва булоқ сувлари каби нарсаларни ҳам, самодан тушадиган (ризқу насиба, хайру барака каби) нарсаларни ҳам, унга (самога) кўтариладиган (яъни, амал ва дуо-илтижо каби) нарсаларни ҳам билур. Сизлар қаерда бўлсангизлар, У сизлар билан биргадир. Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўриб тургувчидир.

538-sahifa · 27-juz · 54-hizb538-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱلَّذِىshunday zotkiшундай зоткиخَلَقَyaratdiяратдиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниفِى-da-даسِتَّةِoltiолтиأَيَّامٍۢkunкунثُمَّsoʻngraсўнграٱسْتَوَىٰegalladiэгалладиعَلَىustigaустигаٱلْعَرْشِ ۚarshniаршниيَعْلَمُbiladirбиладирمَاnimaniниманиيَلِجُkirganiniкирганиниفِىichigaичигаٱلْأَرْضِyergaергаوَمَاva nimaва нимаيَخْرُجُchiqqaniniчиққаниниمِنْهَاundanунданوَمَاva nimaва нимаيَنزِلُtushganiniтушганиниمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонوَمَاva nimaва нимаيَعْرُجُkoʻtarilganiniкўтарилганиниفِيهَا ۖungaунгаوَهُوَva Uва Уمَعَكُمْsiz bilan birgadirсиз билан биргадирأَيْنَqayerdaқаердаمَاhar qayerdaҳар қаердаكُنتُمْ ۚboʻlsangiz hamбўлсангиз ҳамوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِمَاnarsaniнарсаниتَعْمَلُونَqilayotganingizniқилаётганингизниبَصِيرٌۭkoʻrib turuvchidirкўриб турувчидир
TafsirТафсир

Osmonlaru yerni Alloh yaratgani haqiqat. Olti kunda yaratilishi bizning tasavvurimizdagi kun hisobida emasligi ham aniq. Chunki, biz hisoblaydigan kunlar dunyo yaratilganidan keyin mavjud boʻlgan. Demak, «olti kun» Allohning oʻzidan boshqa hech kim bilmaydigan kunlardir.

«U, osmonlaru yerni olti kunda yaratib...»

Nasorolarga oʻxshab, Alloh dushanba kuni uni yaratdi, seshanba kuni buni yaratdi... va charchab, yakshanba kuni dam oldi, deyish musulmonlarga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi.

Shuningdek, Arsh toʻgʻrisida ham iymon keltiramiz-u, uning haqiqatini bilmaymiz. «Arsh» lugʻatda podshohning taxtidir. Lekin Arshning haqiqatini faqat Allohning Oʻzi biladi.

«…...soʻngra Arshni egallagan zotdir.»

Oyatda «soʻng Arshga istivo» qildi, deyiladi. «Istivo» soʻzi lugʻatda koʻtarilish, oʻrnashish va egallash maʼnolarini bildiradi. Lekin Allohga nisbatan bu maʼnolarni biz tushunganday holatda ishlatib boʻlmaydi. Shuning uchun ham, hamma narsani yaratgandan soʻng Alloh taolo ularni Oʻzining tasarrufiga oldi, deb sharhlanadi bu holat.

«Yerga nima kirganini ham» biladi.

Har lahzada yerga son-sanoqsiz narsalar kirib turadi, bularning barchasini faqat Alloh taoloning Oʻzigina bilishi mumkin.

«undan nima chiqqanini ham» biladi.

Albatta, yerdan har lahzada son-sanoqsiz narsalar chiqib turadi. Bularning hammasini ham faqat Alloh taoloning Oʻzigina biladi.

«...osmondan nima tushganini ham, unga nima chiqqanini ham biladi.»

Xuddi shu kabi, osmondan tushib va unga chiqib turuvchi narsalarni ham faqat Alloh taoloning Oʻzigina biladi, boshqa hech kim bilmaydi.

Alloh taoloning

«U, qayerda boʻlsangiz ham, siz bilan birga», degan soʻzi «ilmi va qudrati bilan» deb tushuniladi.

Alloh taologa nisbatan jism haqida soʻz ham boʻlishi mumkin emas.

Demak, Alloh taolo Oʻz ilmi va qudrati bilan bandalarining barchasi qayerda boʻlsalar ham birga boʻladi.

Demak, bandalar doimo hushyor boʻlishlari, yaxshi ishlar qilishga urinib, yomonliklardan uzoqda boʻlishlari lozim.

Alloh taoloning cheksiz qudratining bayoni kelasi oyatda ham davom etadi: