مَآ أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِىٓ أَنفُسِكُمْ إِلَّا فِى كِتَـٰبٍ مِّن قَبْلِ أَن نَّبْرَأَهَآ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biror musiybatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan bo`lur, aks holda, yer yuzida va o`z shaxslaringizda sizga biror musiybat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir.Бирор мусийбатни пайдо қилмасимиздан олдин у Китобда битилган бўлур, акс ҳолда, ер юзида ва ўз шахсларингизда сизга бирор мусийбат етмас. Албатта, бу иш Аллоҳ учун осондир.Alauddin Mansour: Na Yerga va na oʻzlaringizga biron musibat yetmas, magar (yetsa) Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) boʻlur. Albatta bu Allohga osondir.На Ерга ва на ўзларингизга бирон мусибат етмас, магар (етса) Биз уни пайдо қилишимиздан илгари Китобда (Лавҳул-Маҳфузда битилган) бўлур. Албатта бу Аллоҳга осондир.
Ushbu oyatda Alloh taolo bizga yetadigan har bir musiybat–kasallik, ochlik, kambagʻallik, oʻlim va boshqalar, ular yuzaga chiqishidan avval ham Lavhul Mahfuzda, Allohning ilmida sobit boʻlishini taʼkidlamoqda. Shuning uchun, mazkur musiybatlarga ortiqcha xafa boʻlib, oʻzni qiynashning hojati yoʻq. Har bir musiybatni sabr- bardosh bilan qarshi olish musulmonlarning siymosi ekanligini hamma bilishi kerak.
Xuddi musiybat kabi, har bir xursandchilik, yaxshilik ham avvaldan Lavhul Mahfuzda yozilgan boʻladi. Shuning uchun, biron-bir neʼmat– yaxshilik yetsa, ortiqcha xursand boʻlib, oʻzini yoʻqotib qoʻyish ham musulmonlarga xos emas. Ushbu holatlarni keyingi oyat bayon qiladi: