QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят21

سَابِقُوٓا۟ إِلَىٰ مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا كَعَرْضِ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ أُعِدَّتْ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ فَضْلُ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingizning mag`firatiga va Allohga hamda Uning Payg`ambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu yerning kengligicha bo`lgan jannatga musobaqalashing. Ana o`sha, Allohning fazli. Kimga xohlasa, beradi. Alloh ulug` fazl egasidir.Роббингизнинг мағфиратига ва Аллоҳга ҳамда Унинг Пайғамбарларига иймон келтирганлар учун тайёрланган, кенглиги осмону ернинг кенглигича бўлган жаннатга мусобақалашинг. Ана ўша, Аллоҳнинг фазли. Кимга хоҳласа, беради. Аллоҳ улуғ фазл эгасидир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), Parvardigoringiz tomonidan boʻladigan magʻfiratga hamda Alloh va Uning paygʻambarlariga iymon keltirgan zotlar uchun tayyorlab qoʻyilgan, kengligi osmon va Yerning kengligi kabi boʻlgan jannatga shoshilingiz! Bu (yaʼni, vaʼda qilingan magʻfirat va jannat) Allohning fazlu marhamati boʻlib, uni Oʻzi xohlagan kishilarga ato etur. Alloh ulugʻ fazlu marhamat Sohibidir.(Эй инсонлар), Парвардигорингиз томонидан бўладиган мағфиратга ҳамда Аллоҳ ва Унинг пайғамбарларига иймон келтирган зотлар учун тайёрлаб қўйилган, кенглиги осмон ва Ернинг кенглиги каби бўлган жаннатга шошилингиз! Бу (яъни, ваъда қилинган мағфират ва жаннат) Аллоҳнинг фазлу марҳамати бўлиб, уни Ўзи хоҳлаган кишиларга ато этур. Аллоҳ улуғ фазлу марҳамат Соҳибидир.

540-sahifa · 27-juz · 54-hizb540-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَابِقُوٓا۟musobaqalashingмусобақалашингإِلَىٰ-ga-гаمَغْفِرَةٍۢmagʻfiratмағфиратمِّن-dan-данرَّبِّكُمْRobbingizРоббингизوَجَنَّةٍva jannatgaва жаннатгаعَرْضُهَاuning kengligiунинг кенглигиكَعَرْضِkengligichaкенглигичаٱلسَّمَآءِosmonningосмоннингوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингأُعِدَّتْtayyorlanganтайёрланганلِلَّذِينَular uchunулар учунءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَرُسُلِهِۦ ۚva Uning Paygʻambarlarigaва Унинг Пайғамбарларигаذَٰلِكَana oʻshaана ўшаفَضْلُfazliфазлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингيُؤْتِيهِuni beradiуни берадиمَنkimgaкимгаيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳذُوegasidirэгасидирٱلْفَضْلِfazlфазлٱلْعَظِيمِulugʻулуғ
TafsirТафсир

Qurʼoni Karim nazarida, musobaqa qilib shoshilish bu dunyo hayotining oʻtkinchi hoyi-havaslariga, boylikka, oʻyin-kulguga emas, balki Allohning magʻfiratiga va jannatga eltuvchi yaxshi amallarga qaratilishi kerak.

«Robbingizning magʻfiratiga va Allohga hamda Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu yerning kengligicha boʻlgan jannatga musobaqalashing.»

Bandalar bir-birlaridan oʻzishga harakat qilishlari lozim boʻlgan birinchi ish Allohning magʻfirati ekan. Bas, shundoq boʻlganidan keyin, Robbil olamiynning magʻfirati taqozo qilgan ishlarni ado etish lozim.

Bandalar bir-birlaridan oʻzishga harakat qilishlari lozim boʻlgan ikkinchi ish Allohga hamda Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu yerning kengligicha boʻlgan jannatga erishish uchun musobaqalashish ekan. Ushbu musobaqaga ishtirok etishning asosiy sharti shuki, inson Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltirgan shaxs boʻlishi kerak ekan. Bu shartni oʻzida mujassam qilmagan kimsalar mazkur musobaqaga ishtirok eta olmas ekanlar. Bas, shundoq boʻlgandan keyin, moʻminlarning asosiy maqsadi ushbu musobaqada qatnashib, yutuqqa ega boʻlishdir.

«Ana oʻsha, Allohning fazli. Kimga xohlasa, beradi. Alloh ulugʻ fazl egasidir.»

Bas, har bir banda oʻsha ulugʻ fazl Egasining fazlidan bahramand boʻlib qolmoqqa harakatda boʻlishi lozim.