QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят20

ٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا لَعِبٌ وَلَهْوٌ وَزِينَةٌ وَتَفَاخُرٌۢ بَيْنَكُمْ وَتَكَاثُرٌ فِى ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَوْلَـٰدِ ۖ كَمَثَلِ غَيْثٍ أَعْجَبَ ٱلْكُفَّارَ نَبَاتُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصْفَرًّا ثُمَّ يَكُونُ حُطَـٰمًا ۖ وَفِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابٌ شَدِيدٌ وَمَغْفِرَةٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنٌ ۚ وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا مَتَـٰعُ ٱلْغُرُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti o`yin, ko`ngil ermagi va zeb-ziynatdan, o`zaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani ko`paytirishdan iboratdir. U, xuddi, o`simligi dehqonlarni ajablantirgan yomg`irga o`xshaydir. Keyinroq bu o`simliklar quriydi va sarg`ayganini ko`rasan. So`ngra u xas-cho`pga aylanib ketadir. Oxiratda esa, qattiq azob bor, Allohdan mag`firat va rozilik bor. Bu dunyo hayoti g`ururga ketkazuvchi matodan o`zga hech narsa emas.Билингки, албатта, бу дунё ҳаёти ўйин, кўнгил эрмаги ва зеб-зийнатдан, ўзаро фахрланишдан, мол-мулкни ва бола-чақани кўпайтиришдан иборатдир. У, худди, ўсимлиги деҳқонларни ажаблантирган ёмғирга ўхшайдир. Кейинроқ бу ўсимликлар қурийди ва сарғайганини кўрасан. Сўнгра у хас-чўпга айланиб кетадир. Охиратда эса, қаттиқ азоб бор, Аллоҳдан мағфират ва розилик бор. Бу дунё ҳаёти ғурурга кетказувчи матодан ўзга ҳеч нарса эмас.Alauddin Mansour: Bilinglarki, bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) oʻyin-kulgi, zeb-ziynat, oʻrtalaringizdagi oʻzaro maqtanish va mol-dunyo hamda farzandlarni koʻpaytirishdir, xolos. (U) xuddi bir yomgʻirga oʻxsharki, uning (yogʻishi sababli unib chiqqan) oʻt-oʻlani kofirlarni hayratga solib (aqllarini band qilib qoʻyur). Soʻngra u qurir, bas, uni sargʻaygan holda koʻrursiz. Soʻngra u quruq choʻp boʻlib qolur. (Hayoti dunyoning holi ham shundan oʻzga emasdir). Oxiratda esa (oʻsha toʻrt kunlik dunyoga aldanib qolganlar uchun) qattiq azob va (iymon-eʼtiqod bilan oʻtganlar uchun) Alloh tomonidan magʻfirat va rizolik bordir. Hayoti dunyo esa faqat aldaguvchi matodir.Билингларки, бу ҳаёти дунё фақат (бир нафаслик) ўйин-кулги, зеб-зийнат, ўрталарингиздаги ўзаро мақтаниш ва мол-дунё ҳамда фарзандларни кўпайтиришдир, холос. (У) худди бир ёмғирга ўхшарки, унинг (ёғиши сабабли униб чиққан) ўт-ўлани кофирларни ҳайратга солиб (ақлларини банд қилиб қўюр). Сўнгра у қурир, бас, уни сарғайган ҳолда кўрурсиз. Сўнгра у қуруқ чўп бўлиб қолур. (Ҳаёти дунёнинг ҳоли ҳам шундан ўзга эмасдир). Охиратда эса (ўша тўрт кунлик дунёга алданиб қолганлар учун) қаттиқ азоб ва (иймон-эътиқод билан ўтганлар учун) Аллоҳ томонидан мағфират ва ризолик бордир. Ҳаёти дунё эса фақат алдагувчи матодир.

540-sahifa · 27-juz · 54-hizb540-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱعْلَمُوٓا۟bilingkiбилингкиأَنَّمَاalbattaалбаттаٱلْحَيَوٰةُhayotiҳаётиٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёلَعِبٌۭoʻyinўйинوَلَهْوٌۭva koʻngil ermagiва кўнгил эрмагиوَزِينَةٌۭva zeb-ziynatва зеб-зийнатوَتَفَاخُرٌۢva faxrlanishва фахрланишبَيْنَكُمْoʻzaroўзароوَتَكَاثُرٌۭva koʻpaytirishва кўпайтиришفِى-da-даٱلْأَمْوَٰلِmol-mulkмол-мулкوَٱلْأَوْلَـٰدِ ۖva bola-chaqaва бола-чақаكَمَثَلِmisoliga oʻxshaydirмисолига ўхшайдирغَيْثٍyomgʻirgaёмғиргаأَعْجَبَajablantirganажаблантирганٱلْكُفَّارَdehqonlarniдеҳқонларниنَبَاتُهُۥuning oʻsimligiунинг ўсимлигиثُمَّkeyinкейинيَهِيجُquriydirқурийдирفَتَرَىٰهُbas, uni koʻrasanбас, уни кўрасанمُصْفَرًّۭاsargʻayganсарғайганثُمَّsoʻngraсўнграيَكُونُboʻladirбўладирحُطَـٰمًۭا ۖxas-choʻpхас-чўпوَفِىva -daва -даٱلْـَٔاخِرَةِoxiratохиратعَذَابٌۭazob borазоб борشَدِيدٌۭqattiqқаттиқوَمَغْفِرَةٌۭva magʻfiratва мағфиратمِّنَ-dan-данٱللَّهِAllohАллоҳوَرِضْوَٰنٌۭ ۚva rozilikва розиликوَمَاva emasва эмасٱلْحَيَوٰةُhayotiҳаётиٱلدُّنْيَآbu dunyoбу дунёإِلَّاfaqatфақатمَتَـٰعُmatoматоٱلْغُرُورِgʻururga ketgazuvchiғурурга кетгазувчи
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo bu dunyo hayotini «oʻyin, koʻngil ermagi va zeb-ziynat», deb taʼriflamoqda.

«Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti oʻyin, koʻngil ermagi va zeb-ziynatdan...»

Chindan ham, odamlar oʻlchovi bilan qaralganda, hayot besh kunlik dunyoda oʻynab olish uchun ajratilgan fursatga oʻxshab tuyuladi. Qayoqqa qarasangiz, odamlar kiyim-bosh, yemoq-ichmoq, hovli-joy, zeb-ziynat ortidan quvgani-quvgan.

Bu dunyo hayoti yana,

«...oʻzaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani koʻpaytirishdan iboratdir».

Odamlar oʻz obroʻlari, mansablari, xasabu nasablari bilan faxrlanishga, mol-dunyo va bola-chaqani koʻpaytirishga uringani-uringan.

Aslida esa, bu narsalar arzimas, eʼtiborsiz ashyolardir. Bu haqiqatni yanada ochiqroq tushuntirish uchun Qurʼoni Karim koʻzimizga doimo koʻrinib turgan, lekin koʻplarimiz eʼtibor bermaydigan hodisani misol qilib keltiradi.

«U, xuddi, oʻsimligi dehqonlarni ajablantirgan yomgʻirga oʻxshaydir.»

Yaʼni, bu dunyo hayoti shunday bir yomgʻirga oʻxshaydiki, u yoqqandan soʻng chiqqan nabotot dehqonlarni hayratga soladi, zavqlantiradi. Aslida esa, bu hol oʻtkinchidir.

«Keyinroq bu oʻsimliklar quriydi va sargʻayganini koʻrasan. Soʻngra u xas-choʻpga aylanib ketadir.»

Yaʼni, oʻsimliklar tezda quriydi. Rangi sargʻayadi va qurib, qovjirab, uqalanib ketadi.

Ha, bu dunyo hayoti ham shu kabi aldamchidir. Shu bilangina ovunib qolmaslik kerak.

«Oxiratda esa, qattiq azob bor, Allohdan magʻfirat va rozilik bor.»

Chunki, oxiratda kofirlarga qattiq azob, moʻminlarga esa Allohning magʻfirati va roziligi bor.

«Bu dunyo hayoti gʻururga ketkazuvchi matodan oʻzga hech narsa emas.»

Albatta, bu gaplar tarki dunyo qilishga, hamma narsadan yuz oʻgirishga chaqiriq emas. Balki mezon va oʻlchovlarni toʻgʻri yoʻlga solishga, oʻtkinchi hoyi-havasdan ustun boʻlishga daʼvatdir.