QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят25

لَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا بِٱلْبَيِّنَـٰتِ وَأَنزَلْنَا مَعَهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْمِيزَانَ لِيَقُومَ ٱلنَّاسُ بِٱلْقِسْطِ ۖ وَأَنزَلْنَا ٱلْحَدِيدَ فِيهِ بَأْسٌ شَدِيدٌ وَمَنَـٰفِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥ وَرُسُلَهُۥ بِٱلْغَيْبِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّ عَزِيزٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Darhaqiqat, Biz Payg`ambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik — unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim O`ziga va Payg`ambarlariga g`oyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.Дарҳақиқат, Биз Пайғамбарларимизни равшан(нарса)лар ила юбордик ва улар ила китоб ҳамда одамлар адолатда туришлари учун мезон туширдик. Ва темирни туширдик — унда катта куч-қувват ва одамлар учун манфаатлар бор. Аллоҳ ким Ўзига ва Пайғамбарларига ғойибона ёрдам бераётганини билиши учун. Албатта, Аллоҳ кучли ва азийздир.Alauddin Mansour: Qasamki, Biz Oʻz paygʻambarlarimizni aniq hujjat-moʻʼjizalar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar adolatni barpo qilishlari uchun mezon-tarozi tushirdik. Yana Biz temirni tushirdik-yaratdik. Unda kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir. Alloh gʻaybda (bandalari koʻziga koʻrinmasdan) turgan holida Oʻziga va paygʻambarlariga (Alloh yoʻlida jihod qilish bilan) yordam beradigan kishilarni bilish uchun (temirni yaratdi). Albatta Alloh kuchli, qudratlidir.Қасамки, Биз Ўз пайғамбарларимизни аниқ ҳужжат-мўъжизалар билан юбордик ва улар билан бирга Китоб ҳамда одамлар адолатни барпо қилишлари учун мезон-тарози туширдик. Яна Биз темирни туширдик-яратдик. Унда куч-қувват ва одамлар учун манфаатлар бордир. Аллоҳ ғайбда (бандалари кўзига кўринмасдан) турган ҳолида Ўзига ва пайғамбарларига (Аллоҳ йўлида жиҳод қилиш билан) ёрдам берадиган кишиларни билиш учун (темирни яратди). Албатта Аллоҳ кучли, қудратлидир.

541-sahifa · 27-juz · 54-hizb541-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَقَدْdarhaqiqatдарҳақиқатأَرْسَلْنَاyubordikюбордикرُسُلَنَاPaygʻambarlarimizniПайғамбарларимизниبِٱلْبَيِّنَـٰتِravshan narsalar ilaравшан нарсалар илаوَأَنزَلْنَاva tushirdikва туширдикمَعَهُمُular ilaулар илаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَٱلْمِيزَانَva mezonniва мезонниلِيَقُومَturishlari uchunтуришлари учунٱلنَّاسُodamlarодамларبِٱلْقِسْطِ ۖadolatdaадолатдаوَأَنزَلْنَاva tushirdikва туширдикٱلْحَدِيدَtemirniтемирниفِيهِundaундаبَأْسٌۭkuch-quvvatкуч-қувватشَدِيدٌۭkattaкаттаوَمَنَـٰفِعُva manfaatlarва манфаатларلِلنَّاسِodamlar uchunодамлар учунوَلِيَعْلَمَva bilishi uchunва билиши учунٱللَّهُAllohАллоҳمَنkimкимيَنصُرُهُۥOʻziga yordam berishiniЎзига ёрдам беришиниوَرُسُلَهُۥva Paygʻambarlarigaва Пайғамбарларигаبِٱلْغَيْبِ ۚgʻoyibonaғойибонаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳقَوِىٌّkuchliкучлиعَزِيزٌۭazizdirазиздир
TafsirТафсир

Oyati karimada Alloh subhanahu va taolo Oʻz Paygʻambarlariga yubordim deyayotgan ravshan, ochiq-oydin narsalar moʻʼjizalar, shariat ahkomlari, oyatlar boʻlishi mumkin. Shuning uchun, oyati karimada umumlashma soʻz zikr qilingan, xolos. Kitob–vahiy, mezon–tarozi esa, odamlar oʻrtasida adolat oʻrnatish uchun yuborilgan shariat ahkomlaridir.

«Darhaqiqat, Biz Paygʻambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik.»

Alloh taoloning temirda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar borligini taʼkidlashi ham ulkan moʻʼjizadir.

«Va temirni tushirdik – unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor.»

Bundan ming toʻrt yuz yil ilgari temir juda kam ishlatilar edi. Baʼzi uy asboblari, qilich, nayza va sovutdan boshqa oʻrinlarda temirga ehtiyoj yoʻq hisobida edi. Temirda chindan ham katta kuch-quvvat borligi kelgusi zamonlarda yorqin namoyon boʻldi. Hozir temirsiz tinch hayotni ham, harbiy hayotni ham tasavvur etib boʻlmaydi.

Holbuki, ushbu oyat vaqtidayoq musulmonlarni temirga eʼtibor berishga, undan samarali foydalanishga daʼvat qilgan edi.

Temirning odamlar uchun manfaatini sanab tugatib boʻlmaydi. Hatto inson jismida ham temir eng zarur moddalardan hisoblanadi. Temir insonning qonida, jigari, talogʻi, buyragi va paylarida ham boʻlar ekan. Agar ushbu modda kamayib qolsa, odam turli kasalliklarga, jumladan, kamqonlikka uchraydi.

Oyatning oxiridagi jumlada bir-ikki nozik maʼno bor. Jumladan, temirdan yasalgan asboblarni ishlatib, Allohga va Uning Paygʻambarlariga yordam beruvchilarni bilishi uchun, degan ishora bor.

«Alloh kim Oʻziga va Paygʻambarlariga gʻoyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.»

Maʼlumki, Alloh taoloning ilmining chegarasi yoʻq–hamma narsani roʻy berishidan avval bilib turadi. Lekin bu oyatdagi «bilishi»ni yuzaga chiqarishi, xaloyiqqa bildirishi deb tushunmoq kerak. Shuningdek, «gʻoyibona» soʻzi ham Allohni va Uning Paygʻambarlarini koʻrmasdan turib ularning diniga yordam beringlar, deb sharhlanadi.

Kelasi oyatda ravshan narsalar bilan yuborilgan oʻsha Paygʻambarlardan baʼzilari zikr qilinadi: