QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят26

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا وَإِبْرَٰهِيمَ وَجَعَلْنَا فِى ذُرِّيَّتِهِمَا ٱلنُّبُوَّةَ وَٱلْكِتَـٰبَ ۖ فَمِنْهُم مُّهْتَدٍ ۖ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ فَـٰسِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Darhaqiqat, Nuh va Ibrohimni Payg`ambar qilib yubordik hamda Payg`ambarlikni va kitobni ikkovlarining zurriyotiga xos qildik. Ular orasida hidoyat topganlar bor, lekin ularning ko`plari fosiqlardir.Дарҳақиқат, Нуҳ ва Иброҳимни Пайғамбар қилиб юбордик ҳамда Пайғамбарликни ва китобни икковларининг зурриётига хос қилдик. Улар орасида ҳидоят топганлар бор, лекин уларнинг кўплари фосиқлардир.Alauddin Mansour: Qasamki, Biz Nuh va Ibrohimni paygʻambar qilib yubordik hamda paygʻambarlik va Kitobni (yaʼni, Tavrot, Injil, Zabur va Qurʼonni) ham ikkovining zurriyotlariga (ato) qildik. Bas, ularning (yaʼni, Nuh va Ibrohim zurriyotlarining) orasida hidoyat topguvchi (kishilar) ham bor, (ammo) ularning orasida koʻplari fosiq-itoatsizdirlar.Қасамки, Биз Нуҳ ва Иброҳимни пайғамбар қилиб юбордик ҳамда пайғамбарлик ва Китобни (яъни, Таврот, Инжил, Забур ва Қуръонни) ҳам икковининг зурриётларига (ато) қилдик. Бас, уларнинг (яъни, Нуҳ ва Иброҳим зурриётларининг) орасида ҳидоят топгувчи (кишилар) ҳам бор, (аммо) уларнинг орасида кўплари фосиқ-итоатсиздирлар.

541-sahifa · 27-juz · 54-hizb541-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva darhaqiqatва дарҳақиқатأَرْسَلْنَاyubordikюбордикنُوحًۭاNuhniНуҳниوَإِبْرَٰهِيمَva Ibrohimniва Иброҳимниوَجَعَلْنَاva qildikва қилдикفِى-ga-гаذُرِّيَّتِهِمَاikkovlarining zurriyotiикковларининг зурриётиٱلنُّبُوَّةَPaygʻambarlikniПайғамбарликниوَٱلْكِتَـٰبَ ۖva kitobniва китобниفَمِنْهُمbas, ulardanбас, уларданمُّهْتَدٍۢ ۖhidoyat topgan borҳидоят топган борوَكَثِيرٌۭva koʻplariва кўплариمِّنْهُمْulardanуларданفَـٰسِقُونَfosiqlardirфосиқлардир
TafsirТафсир

Alloh taolo Nuh va Ibrohim alayhissalomlarni oʻz qavmlarini hidoyatga boshlash uchun Paygʻambar qilib yubordi. Ibrohim alayhissalomning zurriyotlaridan koʻplab Paygʻambarlar, jumladan, Tavrot, Zabur, Injil va Qurʼon tushirilgan Paygʻambarlar chiqdi. Ibrohim Paygʻambarning oʻzlari esa Nuh alayhissalomning zurriyotlaridandirlar. Shunday qilib, barcha Paygʻambarlar ushbu ikki zotning avlodlari desak, xato boʻlmaydi.

«Darhaqiqat, Nuh va Ibrohimni Paygʻambar qilib yubordik hamda Paygʻambarlikni va kitobni ikkovlarining zurriyotiga xos qildik.»

Shu bilan birga, ularning zurriyotlari orasida hidoyatga tushib toʻgʻri yoʻlda yurganlari ham bor, lekin dindan chiqqan fosiqlari koʻproq.

«Ular orasida hidoyat topganlar bor, lekin ularning koʻplari fosiqlardir.»

Endigi oyatda Iyso alayhissalomning Paygʻambarliklari haqida soʻz yuritiladi: