QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят28

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَءَامِنُوا۟ بِرَسُولِهِۦ يُؤْتِكُمْ كِفْلَيْنِ مِن رَّحْمَتِهِۦ وَيَجْعَل لَّكُمْ نُورًا تَمْشُونَ بِهِۦ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Uning Payg`ambariga iymon keltiringlar. U zot O`z rahmatidan sizlarga ikki hissa beradir va sizlarning yurishingizga nur beradir hamda sizlarni mag`firat qiladir. Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳга тақво қилинглар ва Унинг Пайғамбарига иймон келтиринглар. У зот Ўз раҳматидан сизларга икки ҳисса берадир ва сизларнинг юришингизга нур берадир ҳамда сизларни мағфират қиладир. Аллоҳ кечирувчи, раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Ey (Iysoga) iymon keltirgan zotlar, Allohdan qoʻrqinglar va Uning paygʻambari (Muhammad alayhis-salotu vas-salom)ga ham iymon keltiringlar, (shunda) U zot sizlarga Oʻz rahmatidan ikki hissa ato etur va sizlar uchun (Qiyomat Kunida oldilaringizda) yuradigan nur (paydo) qilur hamda sizlarni magʻfirat qilur. Alloh magʻfiratli, mehribondir.Эй (Ийсога) иймон келтирган зотлар, Аллоҳдан қўрқинглар ва Унинг пайғамбари (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом)га ҳам иймон келтиринглар, (шунда) У зот сизларга Ўз раҳматидан икки ҳисса ато этур ва сизлар учун (Қиёмат Кунида олдиларингизда) юрадиган нур (пайдо) қилур ҳамда сизларни мағфират қилур. Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.

541-sahifa · 27-juz · 54-hizb541-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларٱتَّقُوا۟taqvo qilinglarтақво қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَءَامِنُوا۟va iymon keltiringlarва иймон келтирингларبِرَسُولِهِۦUning PaygʻambarigaУнинг ПайғамбаригаيُؤْتِكُمْU sizlarga beradirУ сизларга берадирكِفْلَيْنِikki hissaикки ҳиссаمِن-dan-данرَّحْمَتِهِۦOʻz rahmatiЎз раҳматиوَيَجْعَلva qilib beradirва қилиб берадирلَّكُمْsizlargaсизларгаنُورًۭاnurнурتَمْشُونَyurasizlarюрасизларبِهِۦu ilaу илаوَيَغْفِرْva magʻfirat qiladirва мағфират қиладирلَكُمْ ۚsizlarniсизларниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳغَفُورٌۭkechiruvchiкечирувчиرَّحِيمٌۭrahmli zotdirраҳмли зотдир
TafsirТафсир

Oʻtgan oyati karimada Alloh taolo Iyso alayhissalomga ergashganlar oʻzlariga koʻrsatilgan ilohiy ishonchni oqlay olmay yoʻldan ozganlari, Alloh farz qilmagan narsalarni oʻzlariga farz qilib olganlari va boshqa kamchiliklarga yoʻl qoʻyib, fosiq boʻlganlarini bayon qildi. Endi esa, Muhammad alayhissalomga ergashgan moʻmin- musulmonlarga xitob qilib, nasorolar va boshqalar uddalay olmagan narsani uddalab Allohning rahmati va fazliga sazovor boʻlishga chaqirmoqda.

«Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Uning Paygʻambariga iymon keltiringlar.»

Ushbu oyati karima moʻminlar uchun maʼlum va mashhur, eng mahbub nido,

«Ey, iymon keltirganlar!» nidosi ila boshlanmoqda. Bu nido moʻminlarning zavq-shavqini oshirib, amrni ixlos ila ado etishga chorlaydi.

«Allohga taqvo qilinglar va Uning Paygʻambariga iymon keltiringlar.»

Iymon keltirgan boʻlganidan keyin, albatta taqvo qilish kerak. Taqvosiz ish bitmaydi. Shuningdek, Allohga iymon keltirib, U zotga taqvo qilishning asosida U zotning Paygʻambari Muhammad alayhissalomga iymon keltirish ham bor. Busiz mutlaqo mumkin emas.

Agar kim Allohga iymon keltirib, U zotga taqvo qilib va U zotning Paygʻambari Muhammad alayhissalomga iymon keltirsa, unga Alloh taolo mukofot beradi.

«U zot Oʻz rahmatidan sizlarga ikki hissa beradi va sizlarning yurishingizga nur beradir hamda sizlarni magʻfirat qiladir. Alloh kechiruvchi, rahimli zotdir.»

Demak, undoq kishiga Alloh taolo Oʻz rahmatidan bir hissa emas, ikki hissa berar ekan.

«...…va sizlarning yurishingizga nur beradir…...»

Bu, Allohning eng ulkan neʼmatidir. Insonning ikki dunyo saodat yoʻliga yurishi uchun johiliyat zulmatlarini yorituvchi nuri boʻlishi nihoyatda ahamiyatli va zarurdir. Alloh oʻshandoq nurni faqat Oʻziga iymon keltirib, taqvo qilgan va Paygʻambari Muhammad alayhissalomga iymon keltirganlarga vaʼda qilmoqda.

«...…hamda sizlarni magʻfirat qiladi. Alloh kechiruvchi, rahimli zotdir.»

Bu ham Muhammad alayhissalom ummatlarining baxti va boshqa ummatlardan fazlli ekanligidandir.