قَدْ سَمِعَ ٱللَّهُ قَوْلَ ٱلَّتِى تُجَـٰدِلُكَ فِى زَوْجِهَا وَتَشْتَكِىٓ إِلَى ٱللَّهِ وَٱللَّهُ يَسْمَعُ تَحَاوُرَكُمَآ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh sen bilan o`z eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan(ayol)ning so`zini eshitdi. Ha, Alloh ikkovingizning gaplashuvingizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va ko`ruvchidir.Албатта, Аллоҳ сен билан ўз эри ҳақида тортишаётган ва Аллоҳга шикоят қилаётган(аёл)нинг сўзини эшитди. Ҳа, Аллоҳ икковингизнинг гаплашувингизни эшитмоқда. Албатта, Аллоҳ эшитувчи ва кўрувчидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), darhaqiqat, Alloh siz bilan oʻz jufti haqida bahslashayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan (ayol)ning soʻzini eshitdi. Alloh sizlarning basti-javoblaringizni eshitur. Albatta Alloh eshitguvchi, koʻrguvchidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), дарҳақиқат, Аллоҳ сиз билан ўз жуфти ҳақида баҳслашаётган ва Аллоҳга шикоят қилаётган (аёл)нинг сўзини эшитди. Аллоҳ сизларнинг басти-жавобларингизни эшитур. Албатта Аллоҳ эшитгувчи, кўргувчидир.
Alloh taolo ushbu surani Paygʻambarimiz alayhissalomga xitob qilib u zotga Oʻzining hozirga lahzada boʻlayotgan tortishuvdan boxabarligini bildirishdan boshlamoqda.
«Albatta, Alloh sen bilan oʻz eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan(ayol)ning soʻzini eshitdi.»
Ey Paygʻambar, taʼkidlab aytamanki, Men sen bilan oʻz eri Avs ibn Sobit oʻrtasida zihor haqida boʻlib oʻtgan gap-soʻzlar haqida tortishib turgan, oʻzining nochorligi haqida Menga shikoyat qilayotgan Xavla Binti Saʼlabaning soʻzlarini eshitib turibman.
«Ha, Alloh ikkovingizning gaplashuvingizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va koʻruvchidir.»
Yaʼni, Alloh taolo Paygʻambar alayhissalom va u zot bilan uy ichida pichirlashib gaplashgan Xavla binti Saʼlabani koʻrib, soʻzlarini eshitgandek, dunyoda boʻlayotgan barcha ishlarni koʻrib turadi va barcha narsalarni eshitib turadi. Uning uchun hech bir narsa maxfiy emasdir.