QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят2

ٱلَّذِينَ يُظَـٰهِرُونَ مِنكُم مِّن نِّسَآئِهِم مَّا هُنَّ أُمَّهَـٰتِهِمْ ۖ إِنْ أُمَّهَـٰتُهُمْ إِلَّا ٱلَّـٰٓـِٔى وَلَدْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَيَقُولُونَ مُنكَرًا مِّنَ ٱلْقَوْلِ وَزُورًا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ichlaringizda o`z xotinlaridan zihor qiladiganlar (bilib qo`ysinlarki), ular alarning onalari emas. Tuqqan onalaridan o`zga hech kim ularga ona emaslar. Va, albatta, ular inkor qilingan va g`irt yolg`on so`zlarni ayturlar. Va, albatta, Alloh kechiruvchi va mag`firat qiluvchidir.Ичларингизда ўз хотинларидан зиҳор қиладиганлар (билиб қўйсинларки), улар аларнинг оналари эмас. Туққан оналаридан ўзга ҳеч ким уларга она эмаслар. Ва, албатта, улар инкор қилинган ва ғирт ёлғон сўзларни айтурлар. Ва, албатта, Аллоҳ кечирувчи ва мағфират қилувчидир.Alauddin Mansour: Oralaringizdagi oʻz xotinlarini zihor qiladigan kimsalarning (zihor qilingan xotinlari) ularning onalari emasdirlar. Faqat ularni tuqqan (ayol)largina ularning onalaridirlar. Shak-shubhasiz, ular soʻzning nomaqbul va yolgʻonini ayturlar. (Lekin) Alloh shubhasiz, afv etguvchi va magʻfirat qilguvchidir.Ораларингиздаги ўз хотинларини зиҳор қиладиган кимсаларнинг (зиҳор қилинган хотинлари) уларнинг оналари эмасдирлар. Фақат уларни туққан (аёл)ларгина уларнинг оналаридирлар. Шак-шубҳасиз, улар сўзнинг номақбул ва ёлғонини айтурлар. (Лекин) Аллоҳ шубҳасиз, афв этгувчи ва мағфират қилгувчидир.

542-sahifa · 28-juz · 55-hizb542-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиيُظَـٰهِرُونَzihor qiladiganlarзиҳор қиладиганларمِنكُمsizlardanсизларданمِّن-dan-данنِّسَآئِهِمoʻz xotinlariўз хотинлариمَّاemasэмасهُنَّular (xotinlar)улар (хотинлар)أُمَّهَـٰتِهِمْ ۖularning onalariуларнинг оналариإِنْemasэмасأُمَّهَـٰتُهُمْularning onalariуларнинг оналариإِلَّاmagarмагарٱلَّـٰٓـِٔىoʻsha (ayol)larўша (аёл)ларوَلَدْنَهُمْ ۚularni tuqqanуларни туққанوَإِنَّهُمْva albatta, ularва албатта, уларلَيَقُولُونَalbatta aytarlarалбатта айтарларمُنكَرًۭاinkor qilinganинкор қилинганمِّنَ-dan-данٱلْقَوْلِsoʻzсўзوَزُورًۭا ۚva gʻirt yolgʻonва ғирт ёлғонوَإِنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَعَفُوٌّalbatta, kechiruvchiалбатта, кечирувчиغَفُورٌۭmagʻfirat qiluvchidirмағфират қилувчидир
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyatda johiliyatning «zihor» deb nomlangan nomaʼqul hukmining mutlaqo yolgʻon va munkar narsa ekanini batafsil bayon etmoqda.

«Ichlaringizda oʻz xotinlaridan zihor qiladiganlar (bilib qoʻysinlarki), ular alarning onalari emas.»

Ey musulmonlar, sizning ichingizdan baʼzi bir zihor qiladiganlar chiqib qolsa, oʻshalar bilib qoʻysinlarki, zihor qilgan xotinlari hech qachon ularga ona boʻlib qolmaydi. Ogʻzida oʻz xotiniga, sen men uchun onamning falon joyideksan, desa, jufti haloli unga ona boʻlib qolarmidi?!

«Tuqqan onalaridan oʻzga hech kim ularga ona emaslar.»

Bir ayol biror kimsaga ona boʻlishi uchun uni tuqqan boʻlishi shart. Tugʻmagan ayol qandoq qilib unga ona boʻlib qoladi. Xususan, oʻsha ayol oʻz xotini boʻlsa.

«Va, albatta, ular inkor qilingan va gʻirt yolgʻon soʻzlarni ayturlar.»

Hech shubha yoʻqki, oʻz xotinidan zihor qiladiganlar, sen men uchun onamning belideksan, deyishlari ila hamma tomondan inkor qilinadilar va aslida gʻirt yolgʻon soʻzlarni aytadilar. Ularning bu sifatdagi soʻzlari xotinni onaga aylantirib qoʻymaydi.

«Va, albatta, Alloh kechiruvchi va magʻfirat qiluvchidir.»

Ushbu hukm bayon qilinguncha zihor qilganlar boʻlsa, keyin tavba qilsalar, Alloh ularni magʻfirat qiladi.

Ulamolarning taʼkidlashicha, «zihor» faqat arablarga xos odat boʻlib, boshqa xalqlarda bu odat yoʻq ekan. Ushbu oyatlar kishilar bidʼat va xurofotga berilishi oqibatida ularning aqllari ham tubanlashib qolishini koʻrsatadi. Chunki, aqli-hushi joyida boʻlgan odam hech qachon bir ogʻiz soʻz bilan xotini onasiga aylanib qolishini qabul qila olmaydi. Xavla binti Saʼlaba roziyallohu anho, Islom taʼlimotlari zehnini ochgani uchun, aql bilan ish yuritdi. «Zihor»ning naqadar yomon odat ekanini Allohning Rasuliga uqtirishga harakat qildi va butun bir xalqni jaholat botqogʻidan olib chiquvchi surai karimaning nozil boʻlishiga sababchi boʻldi.

Ulamolarimiz oʻzlarining sharhlarida xotinni onaga oʻxshatib boʻlmaganidek, singil, amma, xolaga hamda boshqa mahramlarga ham oʻxshatib boʻlmasligini taʼkidlashgan. Janobi Rasulullohdan qilingan rivoyatlardan birida aytilishicha, Paygʻambar alayhissalom bir kishining oʻz xotiniga «hoy singlim» deganini eshitganlarida, inkor tariqasida, «U singlingmi?!» degan ekanlar. Lekin harom boʻldi, deb hukm chiqarmaganlar. Shuning uchun, er-xotinlar bir-birlari bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlarida hushyor boʻlmoqlari shart.

Alloh taolo kelgusi oyatlarda zihorning sharʼiy hukmlarini zikr qilishga oʻtadi.