QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят3

وَٱلَّذِينَ يُظَـٰهِرُونَ مِن نِّسَآئِهِمْ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا قَالُوا۟ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مِّن قَبْلِ أَن يَتَمَآسَّا ۚ ذَٰلِكُمْ تُوعَظُونَ بِهِۦ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xotinlardan zihor qilganlar o`z aytganlaridan qaytsalar, (qayta) qo`shilmaslaridan avval bir qul ozod qilsinlar. Bu (hukm) va'zlanishingiz uchundir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.Хотинлардан зиҳор қилганлар ўз айтганларидан қайтсалар, (қайта) қўшилмасларидан аввал бир қул озод қилсинлар. Бу (ҳукм) ваъзланишингиз учундир. Аллоҳ қилаётган ишларингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Oʻz xotinlarini zihor qilib, soʻngra aytgan soʻzlaridan qaytadigan kimsalar (zimmasida) (er-xotin) qoʻshilishlaridan ilgari bir qulni ozod qilish bordir. Bu sizlarga mavʼiza-ibrat boʻlgay. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.Ўз хотинларини зиҳор қилиб, сўнгра айтган сўзларидан қайтадиган кимсалар (зиммасида) (эр-хотин) қўшилишларидан илгари бир қулни озод қилиш бордир. Бу сизларга мавъиза-ибрат бўлгай. Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.

542-sahifa · 28-juz · 55-hizb542-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva kimlarkiва кимларкиيُظَـٰهِرُونَzihor qiladiganlarзиҳор қиладиганларمِن-dan-данنِّسَآئِهِمْoʻz xotinlariўз хотинлариثُمَّsoʻngraсўнграيَعُودُونَqaytsalarқайтсаларلِمَاoʻsha narsagaўша нарсагаقَالُوا۟oʻzlari aytganўзлари айтганفَتَحْرِيرُbas, ozod qilsinlarбас, озод қилсинларرَقَبَةٍۢbir qulniбир қулниمِّن-dan-данقَبْلِavvalаввалأَن-ki-киيَتَمَآسَّا ۚikkovlari qoʻshilmoqlariикковлари қўшилмоқлариذَٰلِكُمْbu (hukm)бу (ҳукм)تُوعَظُونَvaʼzlanishingiz uchundirваъзланишингиз учундирبِهِۦ ۚu bilanу биланوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِمَاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotgan ishlaringizқилаётган ишларингизخَبِيرٌۭxabardordirхабардордир
TafsirТафсир

Yaʼni, xotinidan zihor qilgan shaxs afsuslanib, oʻz gapidan qaytib, xotini bilan qayta yarashishni ixtiyor etsa, u holda eru xotinlik munosabatlarini qayta boshlashdan oldin bir qul ozod qilib kafforot berishi lozim. Kafforot–sodir boʻlgan gunohni yuvish uchun qilinadigan qoʻshimcha moliyaviy ibodatdir. Islom, ana shu yoʻl bilan, qul ozod qilishni ibodat darajasiga koʻtardi.

«Bu (hukm) vaʼzlanishingiz uchundir.»

Bu hukmni, er-xotinlikdek muqaddas aloqaning hurmatini oyoqosti qilib, tiliga erk bergan, xotiniga jabru zulm oʻtkazishga uringan erkaklarning nasihatlanishi, oʻziga kelishi va keyinchalik oʻylab ish qilishi uchun, shariatga kiritilgan.

«Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.»

Shuning uchun, har bir narsani U zotning hukmiga moslab qiling. Johiliyat hukmlaridan oʻzingizni chetda tuting.

Hamma ham oʻz gunohini yuvish uchun qul ozod qilishga qodir emas. Buni yaxshi bilgan Alloh taolo kafforot berishning yengil turlarini keyingi oyatda bayon qiladi.