QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят4

فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ مِن قَبْلِ أَن يَتَمَآسَّا ۖ فَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ فَإِطْعَامُ سِتِّينَ مِسْكِينًا ۚ ذَٰلِكَ لِتُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۗ وَلِلْكَـٰفِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qo`shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro`za tutsin. Kim (ro`za tutishga) qodir bo`lmasa, oltmish miskinni to`yg`azsin. Bu (hukm) Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bu(hukm)lar Allohning chegaralaridir. Va kofirlarga alamli azob bor.Ким (қул) топмаса, бас (қайта) қўшилмасдан аввал икки ой кетма-кет рўза тутсин. Ким (рўза тутишга) қодир бўлмаса, олтмиш мискинни тўйғазсин. Бу (ҳукм) Аллоҳга ва Унинг Расулига иймон келтиришингиз учундир. Ва бу(ҳукм)лар Аллоҳнинг чегараларидир. Ва кофирларга аламли азоб бор.Alauddin Mansour: Endi kim (ozod qilish uchun qul) topa olmasa (uning zimmasida er-xotin) qoʻshilishlaridan ilgari paydar-pay ikki oy roʻza tutish bordir. Endi kim (roʻza tutishga) qodir boʻlmasa (uning zimmasida) oltmishta bechora-miskinga taom berish bordir. Bu (hukmlar) sizlar Alloh va Uning paygʻambariga iymon keltirishlaringiz uchun (nozil qilindi). Bular Allohning (belgilab qoʻygan) hadlari — qonunlaridir. Va (bu qonunlarni inkor etguvchi) kofirlar uchun alamli azob bordir.Энди ким (озод қилиш учун қул) топа олмаса (унинг зиммасида эр-хотин) қўшилишларидан илгари пайдар-пай икки ой рўза тутиш бордир. Энди ким (рўза тутишга) қодир бўлмаса (унинг зиммасида) олтмишта бечора-мискинга таом бериш бордир. Бу (ҳукмлар) сизлар Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига иймон келтиришларингиз учун (нозил қилинди). Булар Аллоҳнинг (белгилаб қўйган) ҳадлари — қонунларидир. Ва (бу қонунларни инкор этгувчи) кофирлар учун аламли азоб бордир.

542-sahifa · 28-juz · 55-hizb542-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَنbas, kimбас, кимلَّمْemasэмасيَجِدْtopdiтопдиفَصِيَامُbas, roʻza tutsinбас, рўза тутсинشَهْرَيْنِikki oyикки ойمُتَتَابِعَيْنِketma-ketкетма-кетمِن-dan-данقَبْلِavvalаввалأَن-ki-киيَتَمَآسَّا ۖikkovlari qoʻshilmoqlariикковлари қўшилмоқлариفَمَنbas, kimбас, кимلَّمْemasэмасيَسْتَطِعْqodir boʻldiқодир бўлдиفَإِطْعَامُbas, toʻygʻazsinбас, тўйғазсинسِتِّينَoltmishолтмишمِسْكِينًۭا ۚmiskinniмискинниذَٰلِكَbu (hukm)бу (ҳукм)لِتُؤْمِنُوا۟iymon keltirishingiz uchunиймон келтиришингиз учунبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَرَسُولِهِۦ ۚva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаوَتِلْكَva bu (hukm)larва бу (ҳукм)ларحُدُودُchegaralaridirчегараларидирٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингوَلِلْكَـٰفِرِينَva kofirlargaва кофирларгаعَذَابٌazob borазоб борأَلِيمٌalamliаламли
TafsirТафсир

Alloh Oʻz bandalariga nihoyatda mehribon. Hattoki, gunoh qilganlarga ham mehr koʻrsatadi, gunohlarini yuvishda oson yoʻlni ravo koʻradi. Zihor qilganlar, kim boʻlishidan qatʼinazar, «Albatta qul ozod qilsinlar», deb qoʻyaversa boʻlardi, bunga U zotning haqqi bor edi. Lekin bandalariga ozor bermaslik uchun, ularga yengillikni xohlagani uchun, baʼzi bandalarining qul ozod qilishga qurbi yetmasligini bilgani uchun:

«Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qoʻshilmasdan avval ikki oy ketma-ket roʻza tutsin», deb farmon berdi.

Oltmish kun roʻza tutish ham oson emas. Kasallik yoki qarilik tufayli bu hukmni bajara olmaydiganlar chiqib qolsa, qilgan gunohi kafforotiga oltmish miskinni (kambagʻalni) toʻygʻazadi.

«Kim (roʻza tutishga) qodir boʻlmasa, oltmish miskinni toʻygʻazsin.»

Ularning oʻrtacha bir kunlik ovqatini beradi yoki bir kunlik ovqatning qiymatini beradi. Oltmish kishini bir yoʻla toʻygʻazishi ham shart emas.

«Bu (hukm) Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir.»

Agar shu hukmga amal qilsangiz, Allohga keltirgan iymoningiz tasdiq boʻladi. Allohning Rasuliga keltirgan iymoningiz tasdiq boʻladi.

«Va bu(hukm)lar Allohning chegaralaridir.»

Bu hukmlarning barchasi Alloh chizgan chegaralardir. Moʻmin bandalar undan chiqmasliklari shart! Kimki Allohning chegarasidan chiqsa, alamli azobga duchor boʻladi.

«Va kofirlarga alamli azob bor.»

Yuqoridagi oyatlarda Alloh taoloning moʻmin-musulmon bandalariga nisbatan inoyati, ularni gunohlardan qaytarish, ularga yengil yoʻllarni koʻrsatish zikr qilingan boʻlsa, keyingi oyatlarda Allohga va Uning Rasuliga dushman boʻlganlarga nisbatan qilinadigan munosabat bayon etiladi.