إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحَآدُّونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ كُبِتُوا۟ كَمَا كُبِتَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ وَقَدْ أَنزَلْنَآ ءَايَـٰتٍۭ بَيِّنَـٰتٍ ۚ وَلِلْكَـٰفِرِينَ عَذَابٌ مُّهِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiladiganlar, ulardan avvalgilar xor bo`lganidek, xor bo`lurlar. Holbuki, batahqiq, Biz ochiq-oydin oyatlarni tushirib qo`yganmiz. Va kofirlarga xorlovchi azob bor.Албатта, Аллоҳга ва Унинг Расулига душманлик қиладиганлар, улардан аввалгилар хор бўлганидек, хор бўлурлар. Ҳолбуки, батаҳқиқ, Биз очиқ-ойдин оятларни тушириб қўйганмиз. Ва кофирларга хорловчи азоб бор.Alauddin Mansour: Albatta Alloh va Uning paygʻambari chizgan chiziqdan chiqadigan kimsalar xuddi oʻzlaridan avvalgilar halok qilingani kabi halok qilinurlar. Darvoqeʼ, Biz ochiq-ravshan oyatlar nozil qildik. (Mana shu oyatlarni inkor etguvchi) kofirlar uchun xor qilguvchi azob bordir.Албатта Аллоҳ ва Унинг пайғамбари чизган чизиқдан чиқадиган кимсалар худди ўзларидан аввалгилар ҳалок қилингани каби ҳалок қилинурлар. Дарвоқеъ, Биз очиқ-равшан оятлар нозил қилдик. (Мана шу оятларни инкор этгувчи) кофирлар учун хор қилгувчи азоб бордир.
Tafsirchi ulamolarimizning taʼkidlashlaricha, bu oyati karima Makka mushriklari Rasulullohga va musulmonlarga qarshi barcha kuchlarini toʻplab urushga otlanganlarida tushirilgan. Shu bilan Alloh Muhammad alayhissalom boshliq musulmonlarga tasalli bergan. Chunki, oʻsha yillari Paygʻambar alayhissalomning haqliklarini tasdiqlovchi ochiq-oydin Qurʼon oyatlari tushib turgan boʻlishiga qaramay, Makka mushriklari Allohga va Uning amrlariga qarshi chiqardilar, shuningdek, Uning Rasuliga ham boʻysunmas edilar. Ular Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qilgan avvalgi qavmlar qanday xor boʻlgan boʻlsalar, shunday xor boʻldilar.
«Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiladiganlar, ulardan avvalgilar xor boʻlganidek, xor boʻlurlar.»
Bu qadimdan oʻzgarmas qoida boʻlib kelgan. Kim, qachon Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qilsa, xor boʻlishi turgan gap. Muhammad alayhissalomga dushmanlik qilganlar ham ushbu qoidaga binoan xor boʻlishlarida zarracha shubha yoʻq.
«Holbuki, batahqiq, Biz ochiq-oydin oyatlarni tushirib qoʻyganmiz.»
Ana oʻsha ochiq-oydin oyatlarda mazkur masala batafsil bayon qilingan.
«Va kofirlarga xorlovchi azoblar bor.»
Ha, kofirlarga doimo xorlovchi azoblar boʻlib kelgan va shunday boʻladi. Jumladan, ushbu oyatda bayon etilgan hukmga kufr keltirganlarga ham.