QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят6

يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوٓا۟ ۚ أَحْصَىٰهُ ٱللَّهُ وَنَسُوهُ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh barchalarini qayta tiriltiradigan kunda, qilgan ishlarining xabarini berur. Alloh hisoblab turgan, ular esa unutganlar. Holbuki, Alloh har bir narsaga shohiddir.Аллоҳ барчаларини қайта тирилтирадиган кунда, қилган ишларининг хабарини берур. Аллоҳ ҳисоблаб турган, улар эса унутганлар. Ҳолбуки, Аллоҳ ҳар бир нарсага шоҳиддир.Alauddin Mansour: (Oʻsha kofirlar azobga duchor qilinadigan) Kunda Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirib, (hayoti dunyoda) qilgan amallarining xabarini berur. U (amallar)ni Alloh hisoblab-bitib qoʻydi, ular esa unutib yubordilar. Alloh barcha narsa ustida guvohdir.(Ўша кофирлар азобга дучор қилинадиган) Кунда Аллоҳ уларнинг барчаларини қайта тирилтириб, (ҳаёти дунёда) қилган амалларининг хабарини берур. У (амаллар)ни Аллоҳ ҳисоблаб-битиб қўйди, улар эса унутиб юбордилар. Аллоҳ барча нарса устида гувоҳдир.

542-sahifa · 28-juz · 55-hizb542-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَkundaкундаيَبْعَثُهُمُularni qayta tiriltiradiganуларни қайта тирилтирадиганٱللَّهُAllohАллоҳجَمِيعًۭاbarchalariniбарчалариниفَيُنَبِّئُهُمbas, ularga xabar berurбас, уларга хабар берурبِمَاnarsadanнарсаданعَمِلُوٓا۟ ۚular qilganулар қилганأَحْصَىٰهُuni hisoblab turganуни ҳисоблаб турганٱللَّهُAllohАллоҳوَنَسُوهُ ۚular esa uni unutganlarулар эса уни унутганларوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaнарсаشَهِيدٌshohiddirшоҳиддир
TafsirТафсир

Alloh taolo zihor hukmini bayon qiluvchi ikki oyatning birini, «Va kofirlarga alamli azob bor» deb, ikkinchisini, «Va kofirlarga xorlovchi azob bor», deb tamomladi. Baʼzi kofir va munofiqlar: «Bu hukmga ishonmagan, unga amal qilmaganlar yoshini yashab, oshini oshab, biror jazo tortmay oʻtib ketmoqdalar-ku! Azob qani?!» deyishlari mumkin. Ushbu oyatda ana shundoq muhtamal savolning javobi oʻz aksini topgan.

«Alloh barchalarini qayta tiriltiradigan kunda, qilgan ishlarining xabarini berur.»

Toʻgʻri, baʼzi kofir va osiylar bu dunyodan oʻz qilmishlariga yarasha jazo tortmay oʻtib ketishlari mumkin.Alloh taolo shuning uchun ham qiyomatni, oʻlgandan keyin qayta tirilishni joriy qilgan. U zot hamma bandalarga ularni qayta tiriltiradigan kunda, yaʼni qiyomatda qilgan ishlarining xabarini beradi.

«Alloh hisoblab turgan, ular esa unutganlar.»

Ha, Alloh bandalarning bu dunyoda qilgan kattayu kichik barcha ishlarini hisoblab turgan. Bandalar esa, oʻsha oʻz amallarini esdan chiqarganlar.

«Holbuki, Alloh har bir narsaga shohiddir.»

Ha, Alloh taolo har bir narsaga Oʻzi guvohdir. Bandaning zarracha qilgan yaxshiligi ham, yomonligi ham Uning nazaridan chetda qolmaydi va bandaning amal daftariga yozilib turadi. Fofil banda esa, gunohlarini tezda unutib yuboradi. Lekin Alloh qiyomat kunida yer yuzidagi barcha xaloyiqni, biror kishini ham unutmasdan, tiriltiradi. Soʻngra, har bir bandaning bu dunyoda qilgan ishlarini uning oʻz amal daftari ila oʻziga koʻrsatadi.

Quyidagi oyatlar Alloh taoloning har bir narsaga guvoh, shohid ekanligini yana bir bor isbotlaydi: