QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят7

أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ مَا يَكُونُ مِن نَّجْوَىٰ ثَلَـٰثَةٍ إِلَّا هُوَ رَابِعُهُمْ وَلَا خَمْسَةٍ إِلَّا هُوَ سَادِسُهُمْ وَلَآ أَدْنَىٰ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْثَرَ إِلَّا هُوَ مَعَهُمْ أَيْنَ مَا كَانُوا۟ ۖ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوا۟ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh osmonlaru yerdagi barcha narsalarni bilishini anglamadingmi? Agar uchtaning sirli so`zlashuvi bo`lsa, albatta, U zot to`rtinchidir. Beshtaniki bo`lsa, U zot oltinchidir. Bundan oz bo`lsa ham, ko`p bo`lsa ham va qayerda bo`lsalar ham, albatta, Alloh ular bilandir. So`ng qiyomat kunida ularga qilgan ishlaridan xabar beradir. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir.Албатта, Аллоҳ осмонлару ердаги барча нарсаларни билишини англамадингми? Агар учтанинг сирли сўзлашуви бўлса, албатта, У зот тўртинчидир. Бештаники бўлса, У зот олтинчидир. Бундан оз бўлса ҳам, кўп бўлса ҳам ва қаерда бўлсалар ҳам, албатта, Аллоҳ улар биландир. Сўнг қиёмат кунида уларга қилган ишларидан хабар берадир. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсани билувчидир.Alauddin Mansour: Alloh osmonlardagi va Yerdagi bor narsani aniq bilishini koʻrmadingiz — bilmadingizmi! Uch kishining oʻzaro shivir-shivirlari boʻlsa, albatta U zot ularning toʻrtinchisidir, besh kishining (oʻzaro shivir-shivirlari boʻlsa), albatta U zot ularning oltinchisidir. (Oʻzaro sirlashayotgan kishilar) bundan oz boʻladimi, yo koʻp boʻladimi, albatta U zot qayerda boʻlsalar ham ular bilan birgadir. Soʻngra, Qiyomat Kunida ularga qilgan amallarining xabarini berur. Albatta Alloh barcha narsani bilguvchidir.Аллоҳ осмонлардаги ва Ердаги бор нарсани аниқ билишини кўрмадингиз — билмадингизми! Уч кишининг ўзаро шивир-шивирлари бўлса, албатта У зот уларнинг тўртинчисидир, беш кишининг (ўзаро шивир-шивирлари бўлса), албатта У зот уларнинг олтинчисидир. (Ўзаро сирлашаётган кишилар) бундан оз бўладими, ё кўп бўладими, албатта У зот қаерда бўлсалар ҳам улар билан биргадир. Сўнгра, Қиёмат Кунида уларга қилган амалларининг хабарини берур. Албатта Аллоҳ барча нарсани билгувчидир.

543-sahifa · 28-juz · 55-hizb543-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَangladingангладингأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَعْلَمُbilishiniбилишиниمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَاva narsaniва нарсаниفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِ ۖyerерمَاemasэмасيَكُونُboʻlurбўлурمِنhech birҳеч бирنَّجْوَىٰsirli soʻzlashuvсирли сўзлашувثَلَـٰثَةٍuchtaningучтанингإِلَّاmagarмагарهُوَU zotУ зотرَابِعُهُمْularning toʻrtinchisidirуларнинг тўртинчисидирوَلَاva emasва эмасخَمْسَةٍbeshtaningбештанингإِلَّاmagarмагарهُوَU zotУ зотسَادِسُهُمْularning oltinchisidirуларнинг олтинчисидирوَلَآva emasва эмасأَدْنَىٰozroqозроқمِن-dan-данذَٰلِكَbuбуوَلَآva emasва эмасأَكْثَرَkoʻproqкўпроқإِلَّاmagarмагарهُوَU zotУ зотمَعَهُمْular bilanулар биланأَيْنَqayerdaқаердаمَاboʻlsa hamбўлса ҳамكَانُوا۟ ۖular boʻlsalarулар бўлсаларثُمَّsoʻngсўнгيُنَبِّئُهُمularga xabar beradirуларга хабар берадирبِمَاnarsadanнарсаданعَمِلُوا۟ular qilganулар қилганيَوْمَkunidaкунидаٱلْقِيَـٰمَةِ ۚqiyomatқиёматإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниعَلِيمٌbiluvchidirбилувчидир
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyati karimani Paygʻambarimiz alayhissalomga qarata qilgan xitobi ila boshlamoqda:

«Albatta, Alloh osmonlaru yerdagi barcha narsalarni bilishini anglamadingmi?»

Yaʼni, Alloh osmonlaru yerdagi hamma narsalarni daqiq joylarigacha bilishini oʻzing yaxshi anglaysan-ku.

«Agar uchtaning sirli soʻzlashuvi boʻlsa, albatta, U zot toʻrtinchidir. Beshtaniki boʻlsa, U zot oltinchidir. Bundan oz boʻlsa ham, koʻp boʻlsa ham va qayerda boʻlsalar ham, albatta, Alloh ular bilandir.»

Shuning uchun ham, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar dinga dushmanlik borasida «Yashirincha, pichirlashib gaplashmoqdamiz, hech kim bilmayapti», deb oʻylamay qoʻyaversinlar. Allohning Oʻzi ular bilan birga boʻlib, barcha gaplarini bilib turibdi.

«Soʻng qiyomat kunida ularga qilgan ishlaridan xabar beradir. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir.»

Ikki kishi va undan ortiq odam toʻplanib, boshqalarga eshittirmay pichirlashib gaplashishini arablar «najva» deyishadi. Janob Paygʻambarimiz davrlarida yahudiylarda shu odat bor ekan. Ular Madiynai Munavvara koʻchalarida biror musulmonni koʻrib qolsalar, darhol toʻplanishib, pichir-pichirni boshlashar edilar. Ularning bunday xatti-harakatini koʻrgan har bir moʻmin yoʻlovchi, meni oʻldirishni yoki menga zarar yetkazishni maslahat qilishyapti, deb gumon qilar va qoʻrqib boshqa yoʻldan ketar edi. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom yahudiylarni bunday «najva»dan qaytarsalar ham, ular yana shu odatni davom ettiraverdilar. Bu holatni koʻrib va bilib turgan Haq subhanahu va taolo quyidagi oyatni tushirdi:

Ey Paygʻambar!