أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا ۖ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh ular uchun og`ir azobni tayyorlagan. Ularning qilayotgan ishlari naqadar yomon!Аллоҳ улар учун оғир азобни тайёрлаган. Уларнинг қилаётган ишлари нақадар ёмон!Alauddin Mansour: Alloh ular uchun qattiq azobni tayyorlab qoʻygandir! Darhaqiqat, ularning qilgan amallari naqadar yomondir!Аллоҳ улар учун қаттиқ азобни тайёрлаб қўйгандир! Дарҳақиқат, уларнинг қилган амаллари нақадар ёмондир!
Albatta munofiqlar bu dunyoda qilgan nifoqlari, Allohning diniga dushmanlik qilganlari va boshqa gunohlari uchun munosib jazolarini oladilar. «Alloh ular uchun ogʻir azobni tayyorlagan.» Oʻsha ogʻir azob ila munofiqlarni oxiratda azoblaydi. «Ularning qilayotgan ishlari naqadar yomon!» Munofiqlarning qilayotgan ishlari eng yomon ishlardandir. Mana ularning qiladigan ishlaridan bir misol. «Ular qasamlarini oʻzlari uchun qalqon qilib oldilar.» Oʻzlariga tanglik tugʻdiradigan har bir holatdan oʻylamay-netmay qasam ichib qutulib ketaveradilar. Ular shu tarzda qasamlarini oʻzlariga gap tekkizmaydigan toʻsiq qilib olganlar. Odatda, munofiqlar ikkiyuzlamachi boʻlganlari uchun ham birovga bir soʻzni aytib, boshqaga uning teskarisini soʻzlaydilar. Agar haqiqat ayon boʻlib, yolgʻon gaplari yuzlariga solinsa, oʻzlarini qutqarish uchun qasam icha boshlaydilar. «Bas, Allohning yoʻlidan toʻsdilar.» Nima boʻlsa ham, ularning ishi, oʻyi, fikri odamlarni dindan qaytarishdir. Oqibatda bu dunyoyu u dunyoda ularga xorlovchi azoblar tayyor. «Ularga xorlovchi azob bordir!» Ularning bu holini kelgusi oyati karima tafsiridan yana ham aniqroq bilib olamiz.