QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят14

۞ أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ تَوَلَّوْا۟ قَوْمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مَّا هُم مِّنكُمْ وَلَا مِنْهُمْ وَيَحْلِفُونَ عَلَى ٱلْكَذِبِ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning g`azabiga duchor bo`lgan qavmni do`st tutganlarni ko`rmaysanmi? Ular sizlardan ham emas, ulardan ham emas. Bilib turib, yolg`onga qasam icharlar.Аллоҳнинг ғазабига дучор бўлган қавмни дўст тутганларни кўрмайсанми? Улар сизлардан ҳам эмас, улардан ҳам эмас. Билиб туриб, ёлғонга қасам ичарлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan qavmni (yahudiylarni) doʻst tutgan kimsalarni (munofiqlarni) koʻrmadingizmi? U (munofiqlar) sizlardan (yaʼni, musulmonlardan) ham, ulardan (yaʼni, yahudiylardan) ham emasdirlar! Yana ular (oʻzlarining munofiq ekanliklarini) bilib turgan hollarida, («Bizlar musulmonlarmiz», deb) qasam ham ichurlar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳнинг ғазабига дучор бўлган қавмни (яҳудийларни) дўст тутган кимсаларни (мунофиқларни) кўрмадингизми? У (мунофиқлар) сизлардан (яъни, мусулмонлардан) ҳам, улардан (яъни, яҳудийлардан) ҳам эмасдирлар! Яна улар (ўзларининг мунофиқ эканликларини) билиб турган ҳолларида, («Бизлар мусулмонлармиз», деб) қасам ҳам ичурлар.

544-sahifa · 28-juz · 55-hizb544-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ أَلَمْemasmiэмасмиتَرَkoʻrasanкўрасанإِلَى-ga-гаٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниتَوَلَّوْا۟doʻst tutdilarдўст тутдиларقَوْمًاqavmniқавмниغَضِبَgʻazab qilganғазаб қилганٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْهِمulargaуларгаمَّاemasэмасهُمularуларمِّنكُمْsizlardanсизларданوَلَاva emasва эмасمِنْهُمْulardanуларданوَيَحْلِفُونَva qasam ichurlarва қасам ичурларعَلَى-ga-гаٱلْكَذِبِyolgʻonёлғонوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларيَعْلَمُونَbilib turadilarбилиб турадилар
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyati karimada munofiqlarning nomlarini aytmasdan sifatlarini zikr qilmoqda.

«Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan qavmni doʻst tutganlarni koʻrmaysanmi?»

Ey Paygʻambar! Allohning gʻazabiga duchor boʻlganlarni, yaʼni, yahudiylarni doʻst tutayotganlarni qara!

Yahudiylarning bosh sifatlari–Allohning gʻazabiga duchor boʻlganlar. Hech qanday qoʻshimcha izohsiz, «Allohning gʻazabiga duchor boʻlganlar», deyilsa, boʻldi, yahudiylar tushunilaveradi.

Bu oyatdagi, Allohning gʻazabiga duchor boʻlganlarni doʻst tutganlardan murod esa, munofiqlardir.

«Ular sizlardan ham emas, ulardan ham emas.»

Yaʼni, Allohning gʻazabiga duchor boʻlganlarni doʻst tutganlar siz musulmonlardan ham emas va u yahudiylardan ham emas. Ular arosatda qolgan munofiqlardir. Ular,

«Bilib turib, yolgʻonga qasam icharlar».

Oʻsha munofiqlar oʻzlarining musulmon emasliklarini bilib turib, «Musulmonmiz», deb yolgʻon qasam ichadilar. Paygʻambar alayhissalomga iymonlari yoʻq boʻlsa ham, «Guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan», deb yolgʻon qasam ichadilar va hokazo.

Munofiq–soʻzi boshqa-yu, ishi boshqa shaxsdir. Bu oyatda bayon etilayotgan munofiqlar ham tillarida oʻzlarini «musulmon» deb ataydilar, lekin koʻngil buzuq. Dilda musulmonlarga dushmanlik qiladilar. Ularning sirlarini Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan qavmga–yahudiylarga sotadilar. Shuning uchun, Quʼoni Karim munofiqlarni «Musulmonlardan ham emas, yahudiylardan ham emaslar», deb eʼlon qilmoqda. Munofiqlarning yolgʻon qasam ichib, oʻz soʻzlariga va ishlariga kishilarni ishontirishga urinishdan koʻzlagan gʻoyalarini kelgusi oyat bayon qiladi.